$
 12049.44
52.23
 14024.34
75.18
 163.92
2.4
weather
+26
Кечаси   +14°

MKBANK mijozlari uchun xorijiy moliya bozorlariga yo‘l ochilmoqda

MKBank

MKBANK dunyodagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri — Bank of New York Mellon (BNY Mellon)da kastodial hisobvaraq ochdi. Bu bankning xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish va mijozlarga yangi investitsion imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

BNY Mellon global moliya tizimining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab trillionlab dollar miqdoridagi aktivlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. MKBANKning ushbu tizimga ulanishi bank uchun xalqaro operatsiyalarni yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.

Bu mijozlarga nima beradi?

Yangi kastodial hisobvaraq orqali MKBANK bir qator muhim afzalliklarga ega bo‘ladi.

Birinchidan, bank DVP (Delivery versus Payment) mexanizmi orqali qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu tizimda aktivlar va mablag‘lar bir vaqtning o‘zida almashiladi, natijada hisob-kitoblar xavfsizligi va ishonchliligi oshadi.

Ikkinchidan, mijozlar aktivlarini saqlash xalqaro standartlarga mos infratuzilma orqali amalga oshirilishi investitsiyalarni boshqarishda qo‘shimcha himoya va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Uchinchidan, xalqaro SWIFT to‘lovlari va transchegaraviy hisob-kitoblar jarayoni yanada samarali bo‘lishi kutilmoqda. Operatsiyalar soni ortgani sari vositachilar sonining kamayishi xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.

Jahon moliya bozorlariga yangi imkoniyat

MKBANKning BNY Mellon bilan hamkorligi xorijiy moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Jumladan, xalqaro qimmatli qog‘ozlar, investitsiya instrumentlari va global moliyaviy maydonchalar bilan ishlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. MKBANK ushbu qadam orqali zamonaviy moliyaviy infratuzilmaga tayangan holda mijozlar uchun investitsiyalarni yanada tezroq, xavfsizroq va qulayroq qilishni maqsad qilgan.

Reklama huquqlari asosida