$
 12012.12
32.29
 13935.26
30.27
 166.12
1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

MKBANK sun’iy intellektli yordamchini ishga tushirdi

ai chat

MKBANK mijozlar uchun sun’iy intellekt asosida ishlovchi yangi AI yordamchini ishga tushirdi. Yangi raqamli yordamchi 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatib, foydalanuvchilarga bank xizmatlari bo‘yicha tezkor ma’lumot olish imkonini beradi.

SI yordamchi orqali:

  • Bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumot olish;
  • Kredit to‘lovlari grafigi bo‘yicha hisob-kitoblarni ko‘rish;
  • Bank rekvizitlari, filiallar va bankomatlar manzillarini topish;
  • Murojaat va takliflarni yuborish mumkin.

Yordamchidan Telegram’dagi @mavrid_support_bot hamda Mavrid ilovasidagi onlayn chat orqali foydalanish mumkin.

Test rejimida

MKBANK ma’lumotiga ko‘ra, sun’iy intellekt yordamchisi hozircha test rejimida ishlamoqda. Bank mutaxassislari uni takomillashtirish, yangi funksiyalar qo‘shish va foydalanuvchilar uchun yanada qulay qilish ustida ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, hisob raqami, karta ma’lumotlari, kredit holati va boshqa shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mijozlarga 1285 qisqa raqami yoki bankning eng yaqin filialiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Reklama huquqlari asosida