$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

MKBANK zamonaviy raqamli Omonat kartalarini taqdim etdi

MKBANK

MKBANK tijorat banklari orasida birinchi bo‘lib, omonatchilar uchun zamonaviy yechim – raqamli shakldagi Omonat karta xizmatini joriy qildi. Endi an’anaviy omonat daftarchasining o‘rnini bosuvchi, UZCARD tizimida ishlovchi qulay va ishonchli raqamli kartaga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Omonat Karta nima?

Omonat karta – bu mijozlarga maxsus omonat hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda beriladigan, bankda ochilgan omonatni raqamli tarzda yuritish va boshqarish imkonini beruvchi yangi turdagi kartadir. Ushbu karta orqali mijozlar o‘z omonatlarini bank kassalariga murojaat qilmasdan, qulay va tezkor tarzda boshqarishlari mumkin.

Kartaning asosiy afzalliklari:

  • Kartaning amal qilish muddati: 5 yil
  • Omonat muddati: 2 yilgacha
  • Omonatning eng kam miqdori: 1 000 000 so‘m
  • Yillik foiz stavkasi: 21%

Bu raqamli yechim nafaqat zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan, balki omonat xizmatlaridan xavfsiz va oson foydalanish imkonini ham yaratadi.

Muhim ma’lumotlar:

  • Omonat karta har bir mijozga bir vaqtda faqat bitta omonat bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
  • Ushbu kartaga P2P to‘lovlar orqali pul kirim qilish taqiqlanadi, ya’ni boshqa kartalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalar qabul qilinmaydi.
  • Omonat karta orqali barcha operatsiyalar, shu jumladan foizlarni boshqarish, “MAVRID” mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.


Reklama huquqlari asosida