$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘rtacha hisobda daromad ko‘ruvchi o‘zbekistonlik million dollar ishlab topishi uchun qancha vaqt kerak?

Dollar

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha hisobda daromad ko‘ruvchi o‘zbeklar million dollar ishlab topishi uchun deyarli 278 yil mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston bu boradagi umumiy reytingda 102 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi.

Eng tez million dollar topish mumkin bo‘lgan davlatlar

Eng tez million dollar ishlab topadigan beshta davlat orasida Shveysariya birinchi o‘rinni egalladi. Shveysariya fuqarolari million dollarni 14 yil-u 3 oyda ishlab topishi mumkin. Shveysariyadan keyingi 2-o‘rinni egallagan Singapurliklar esa ushbu summani 16 yil-u 11 oyda, 3-o‘rinni egallagan Lyuksemburg aholisi esa — 17 yil 4 oyda million dollarni ishlab topa oladi.

Reytingning quyisida joylashgan davlatlar

Ro‘yxatning eng quyi o‘rnidan Pokiston Islom Respublikasi joy olgan. O‘rtacha daromadga ega pokistonlik million dollar ishlab topishi uchun 621 yil va 3 oylik mehnati talab etiladi. Shuningdek, Pokistondan biroz farqli ravishda, eng quyi o‘rinlarni egallagan top—5 davlat quyidagicha:

  • Nepal — 420 yil va 9 oy
  • Nigeriya — 519 yil va 1 oy
  • Uganda — 523 yil va 3 oy
  • Misr — 603 yil va 6 oy
Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot