$
 11948.58
58.63
 13793.44
76.0
 144.29
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlar uchun soliq 30 foizga oshirilishi mumkin

Migrant

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida mehnatchi migrantlarga nisbatan soliq yukini va moliyaviy talablarni keskin kuchaytirishga qaratilgan yangi tashabbus ilgari surildi. Davlat dumasi Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari hamda LDPR fraksiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Andrey Lugovoy “TASS” axborot agentligiga bergan bayonotida mamlakatdagi migratsiya tartibotini tubdan qayta ko‘rib chiqish зарурligini ta’kidladi.

Soliq stavkasini 30 foizgacha oshirish

Tashabbusning asosiy yo‘nalishlaridan biri xorijiy fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS) stavkasini 30 foiz darajasida belgilashdan iborat. Deputatning fikricha, Rossiya infratuzilmasi, tibbiy xizmatlari va mavjud tartib-qoidalardan foydalanayotgan har bir xorijlik buning evaziga to‘liq hajmda to‘lov amalga oshirishi shart.

Shuning bilan birga, soliq majburiyatlarini bajarmagan shaxslarga nisbatan noiloj choralar qo‘llanilishi va ular mamlakat hududidan chiqarib yuborilishi taklif etilmoqda. Lugovoyning ta’kidlashicha, ushbu jarayonda hech qanday soliq imtiyozlari, ta’tillar yoki summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari berilmaydi. Soliq to‘lamagan shaxs darhol Rossiyani tark etishi lozim bo‘ladi.

Xarajatlar davlat budjetidan qoplanmaydi

Yana bir muhim taklif mamlakatga kirib kelayotgan migrantlar uchun maxsus avans hisobvarag‘ini joriy etish bilan bog‘liq. Ushbu mexanizmga ko‘ra, chet el fuqarosi yoki uni ishga yollayotgan ish beruvchi ushbu hisobvaraqqa oldindan muayyan miqdordagi mablag‘ni o‘tkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Zahiraga qo‘yilgan ushbu mablag‘lar kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy xarajatlarni — jumladan, majburiy deportatsiya qilish, vaqtinchalik saqlash markazlarida ushlab turish, sud jarayonlari hamda solinadigan jarimalarni qoplashga yo‘naltiriladi. Deputatning qayd etishicha, bu kabi moliyaviy yuk Rossiya davlat budjeti hisobidan emas, balki to‘liqlicha xorijliklar yoki ularning ish beruvchilari tomonidan oldindan moliyalashtirilishi lozim.

Yagona nazorat tizimi

Andrey Lugovoy Rossiya migratsiya siyosati eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishi zarurligini uqtirib o‘tdi. Buning uchun mamlakatda yagona davlat nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Unga ko‘ra, bunday yaxlit tizim har bir chet el fuqarosining aniq qayerda turgani, qanday huquqiy asoslarda yashayotgani va mehnat qilayotgani, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirayotgani hamda amaldagi qonunchilikka qay darajada rioya etayotganini uzluksiz kuzatib borish imkoniyatini berishi kerak.

Теги :
Jamiyat