$
 12169.41
36.93
 14359.90
-0.1
 158.95
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya migrantlar uchun qoʻshimcha toʻlov joriy qilmoqchi

migrant

Rossiya Moliya vazirligi vizasiz mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlarining Rossiyada bo‘lishi iqtisodiy shartlarini kuchaytiradigan qonun loyihalari to‘plamini tayyorladi. Ular nafaqat o‘zi uchun, balki voyaga yetmagan farzandlari uchun ham ishlash huquqini beruvchi patentga pul to‘lashga majbur qilinishi taxmin etilmoqda. Hukumat ushbu tashabbusni ko‘rib chiqmoqchi, deb yozdi “Kommersant”.

Patent qiymatining 50 foizi

Hukumat, xususan, patentga ega bo‘lgan chet elliklarni nafaqat o‘zi uchun, balki voyaga yetmagan oila a’zolari va qaramog‘idagilar uchun ham to‘lashga majbur qilishni rejalashtirmoqda. Har biri uchun — patent qiymatining 50 foizidan. 

Patent qiymati mintaqaga qarab farq qiladi, bazaviy stavka 1,2 ming rublni tashkil etadi, unga deflyator va mintaqaviy koeffitsiyent qo‘shiladi. Mamlakat bo‘yicha patent qiymati 3,4 mingdan 27,3 ming rublgacha. Moskvada bu summa taxminan 10 ming rublni tashkil qiladi.

Doirani kengaytirish

Bunday migrantlarning farzandlari voyaga yetgach, o‘z patentini rasmiylashtirishi yoki mamlakatda bo‘lish uchun boshqa qonuniy asoslar bo‘lmasa, uni tark etishi kerak bo‘ladi.

Moliya vazirligi tashabbusi, shuningdek, patent uchun ushbu avans to‘lovini to‘lashi shart bo‘lgan vizasiz mamlakatlardan kelgan chet elliklar doirasini kengaytirishni taklif qiladi. Ushbu talab “shaxsiy, uy va boshqa shunga o‘xshash ehtiyojlar uchun jismoniy shaxslarda ishlaydigan migrantlarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.

Теги :
Jamiyat