Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun O‘zbekistonda maxsus o‘quv markazlari tashkil etilishi kutilmoqda
Tomonlar, shuningdek, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada yashash va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olish uchun o‘z vatanida rus tilidan imtihon topshirishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib oldi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini yaratadi. Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, agentlik direktori Behzod Musayev va Rossiya Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov Moskvada ikki tomonlama hamkorlikning shu va boshqa masalalarini muhokama qildi.
Maxsus oʻquv markazlari
Rossiyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaror qilindi.
Mehnat va bandlik federal agentligi ish beruvchilar faoliyatini o‘rganish va ularning ishonchliligini aniqlash bo‘yicha Migratsiya agentligi bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Patent olish uchun rus tilidan imtihon
Tomonlar, shuningdek, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada yashash va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olish uchun o‘z vatanida rus tilidan imtihon topshirishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib oldi. Ushbu imtihonni Saxarov nomidagi ko‘p funksiyali migratsiya markazining Toshkent shahridagi filialida topshirish mumkin bo‘ladi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun patent olish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, KMMning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.



