$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Aliment, qarzdorlik, jarimalar: MIB 2024 yilda aholidan 47,8 trillion so‘m undirib oldi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ijro harakatlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Byuro axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, o‘tgan yilda jami 47,8 trillion so‘mlik mablag‘ undirildi.

Kimga qancha mablag‘ undirildi?

Byuro tomonidan amalga oshirilgan undiruvlarning asosiy qismi davlat va aholining manfaatlariga yo‘naltirilgan:

 21,4 trillion so‘m davlat byudjetiga yo‘naltirildi.

 24,4 trillion so‘m tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar foydasiga undirildi.

 1,9 trillion so‘m fuqarolar manfaatlari uchun qaytarildi.

Ijro harakatlarining katta qismi aliment to‘lovlari, qarzdorlik va jarimalarni undirish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Aliment to‘lovlari bo‘yicha natijalar qanday?

Aliment va ijtimoiy majburiyatlar bo‘yicha ham sezilarli natijalarga erishildi. Xususan, 2,1 trillion so‘m aliment pullari undirilib, “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 684 nafar undiruvchiga 23,8 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Shu bilan birga, aliment to‘lovlari bo‘yicha ish bandligi bo‘lmagan 25 113 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, tushuntirish ishlari natijasida esa 13 200 dan ortiq oila yarashtirildi.

Jarima va qarzdorliklarni undirish bo‘yicha reydlar natijalari

Byuro jarima va qarzdorliklarni undirish bo‘yicha reyd tadbirlarini ham kuchaytirdi. 423 milliard so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi, yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan chiqarilgan 1 milliondan ortiq hujjat ijrosi ta’minlandi. Energiya resurslari bo‘yicha 32 300 dan ortiq hujjat ijrosi bajarilib, 623,3 milliard so‘m undirildi.

Теги :
Jamiyat