$
 12051.71
88.93
 14008.91
121.32
 154.69
0.75
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi ChatGPT’ni inson miyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulashmoqchi

Si

OpenAI asoschisi Sem Altman inson va sun’iy intellektni bir-biriga bog‘lashni maqsad qilgan yangi Merge Labs loyihasini ishga tushirdi. Ushbu startapning asosiy vazifasi ChatGPT chatbotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson miyasiga ulay oladigan maxsus qurilma yaratishdir.

Jarrohlik shart emas

Merge Labs texnologiyasi Ilon Maskning Neuralink loyihasidan o‘zining invaziv bo‘lmagan, ya’ni jarrohlik aralashuvini talab qilmaydigan usuli bilan farq qiladi. Agar Neuralink mikrochiplarni bevosita miya to‘qimalariga o‘rnatish uchun elektrodlardan foydalansa, Merge Labs neyron signallarini masofadan turib o‘qish uchun ultratovush va maxsus molekulalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Ushbu usul bosh suyagini ochmasdan turib miya faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Maxsus sensorlar xuddi oddiy plastir kabi bosh yuzasiga yopishtiriladi va miya signallarini o‘qiydi.

Eng tabiiy usul

Neyron signallarini ultratovush orqali o‘qish texnologiyasi dastlab “Forest Neurotech” notijorat laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Bu laboratoriyada allaqachon bosh miya jarohatini olgan bemorlarda sinovlar o‘tkazilgan va yangi usulning barqarorligi hamda xavfsizligi tasdiqlangan.

OpenAI vakillarining ta’kidlashicha, ushbu texnologiya sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqaning eng “tabiiy usulini” yaratadi. Albatta ChatGPT’ga ulangan insonlar dunyodagi barcha bilimlarni bir zumda miyasiga yuklab ololmaydi, balki faqat fikr kuchi orqali chatbotga so‘rov yuborish imkoniga ega bo‘ladi. Shunday qilib, Merge Labs qurilmalari OpenAI mahsulotlari uchun o‘ziga xos masofaviy boshqaruv pulti vazifasini o‘taydi.

Oʻn yillab vaqt kerak 

Loyiha mualliflari ushbu texnologiyani mukammal darajaga yetkazish uchun yillar emas, balki o‘n yillab vaqt ketishi mumkinligini aytmoqda. Shunga qaramay, moliyaviy ekspertlar birgina AQSHning o‘zida neyrointerfeyslar bozorini 400 milliard dollarga baholamoqda.

Hozirgi vaqtda Merge Labs startapining umumiy qiymati 850 million dollarga yetgan. Eng yirik investorlar qatorida Sem Altmanning shaxsan o‘zi, Bain Capital investitsiya kompaniyasi va Valve asoschilaridan biri Geyb Nyuell bor.

Loyiha ustida sohaning eng kuchli mutaxassislari, jumladan, Mixail Shapiro (Kaltex tadqiqot instituti), Tayson Aflalo, Samner Norman, shuningdek, World biometrik tizimi asoschilari Aleks Blaniya va Sandro Xerbiglar ish olib bormoqda. Sem Altman ushbu loyihani rivojlantirishda shaxsan ishtirok etmoqda.

Теги :
Jamiyat