$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tibbiyot talabalari uchun yuqori reytingli ta’lim tizimi, aspirantura va doktorantura

tibbiyot talabalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda 20 nafar oʻzbekistonlik talabalar hamshiralik ishi boʻyicha oʻzbek-turk qoʻshma fakultetida tahsil olmoqda.

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida koʻplab sohalar qatori tibbiyot yoʻnalishida ham mustahkam aloqalar oʻrnatilgan. Toshkent shahridagi Hamshiralar akademiyasi va Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universitetining “Hamshiralik ishi” qoʻshma fakulteti ushbu hamkorlikning amaliy natijasi hisoblanadi.

Turkiya bilan hamkorlikdagi yana bir fakultet

Bundan tashqari, 2019-yilda Oʻzbekiston va Turkiya sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida tuzilgan anglashuv memorandumiga muvofiq Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Sogʻliq bilimlari universitetining tibbiyot fakulteti va Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi faoliyat koʻrsatmoqda.

Turkiyadagi yagona tibbiyot oliygohi

 1903-yilda asos solingan Sogʻliq bilimlari universiteti Turkiyadagi yagona ixtisoslashgan tibbiyot oliy oʻquv yurti, shuningdek, Yevropaning yetakchi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. U qator xalqaro reytinglarda yuqori pogʻonalarda qayd etiladi.

4 yillik taʼlim dasturi

 Hozirda “Hamshiralik ishi” qoʻshma fakultetida 20 nafar oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ular oliy malakali hamshiralar sifatida 4 yillik taʼlim dasturi boʻyicha tayyorlanadi.

5 yillik hamkorlik

 Sogʻliq bilimlari universiteti Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi bilan 5 yillik hamkorlik tarixiga ega.

"Toshkentda ochilgan hamshiralik fakultetida talabalar Turkiyaning nufuzli professor-shifokorlari tomonidan onlayn tarzda oʻtiladigan maʼruzalar orqali bilimlarini oshirmoqda. Buning uchun ularga turk tili darslari ham tashkil etilgan," — deydi fakultet oʻqituvchisi turkiyalik Ahmad Yassaviy Chetin.

Turkiya klinikalarida stajirovka

 Eʼtiborlisi, ushbu fakultetda tahsil oladigan talabalar “Hamshiralik ishi” yoʻnalishida bakalavriatdan keyin magistratura, aspirantura va doktorantura bosqichlarida oʻqishlari mumkin.

 Oʻquv yili yakunida talabalarni tibbiyot sohasidagi ilgʻor tajribalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularning Turkiya klinikalarida stajirovka oʻtashlari koʻzda tutilgan. Bu ularga oʻz bilimlarini amaliyotda qoʻllashlari va dunyo tibbiyotining yangi yutuqlari bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratadi.