$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir kunda elektr-energiyasi ishlab chiqarilishi uchun 11,1 tonna mazut yoqilgan

Mazut

25-fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma'lumot berdi. 

11,1 tonna mazut yoqildi

Unga ko'ra, 25-fevral kuni elektr stansiyalar orqali 241,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 4 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,6 mln kubometr tabiiy gaz, 17,2 ming tonna ko‘mir hamda 11,1 ming tonna mazut yoqilgan. Shu bilan birga, Turkmaniston Respublikasidan 22,2 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilingan.

Sabab gaz bosimining pasayishi

Respublika iste’molchilariga 235,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 5 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi. Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi iste’molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 25-fevral kuni ham mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 600 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lingan.

Gazlarda yana cheklovlar kuzatiladi

Xabarga ko'ra, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham kunning tig‘iz paytlarida ma’lum miqdorda cheklovlar kiritilishi mumkin. Gaz bosimi odatdagidan ko‘ra past ekaniga qaramay, kecha uning iste’moli avvalgi kunlardagidan ko‘ra ortib, 157,2 mln kubometrni tashkil qildi.

Yakshanba kuni 609 ta shoxobchalar ishlagan

Shuningdek, Tabiiy gaz bosimining hali-hanuz past ekanligi bu boradagi me’yoriy sxemaning to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Kecha mamlakatimizdagi 609 ta ana shunday shoxobcha orqali aholiga va ijtimoiy sohalar obyektlariga tegishli avtomobillar, shuningdek, jamoat transportlarining barcha turlariga 3 million 899 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berilgan.

Benzin yetkazib berish ishlari

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari avtobenzin hamda dizel yonilg‘isi bilan mavjud ehtiyojni to‘liq qoplaydigan darajada ta’minlanmoqda. Xususan, 25-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari 1 ming 73 tonna avtobenzin bilan ta'minlangan.