$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi mahsulot sifatini nima kafolatlaydi?!

oziq

Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarining turlari ko'payib bormoqda, turli nomlar va turli brendlar. Ularning orasidan iste'molga yaroqli va qalbaki bo'lmagan mahsulotni ajratib olish esa muhimdir.

Qanday qilib ishonchli mahsulotni ajratib olish mumkin?!

E'tibor bergan bo'lsangiz, do'konlarda sotilayotgan mahsulotlarning aksar qismi raqamli markirovkalangan. Shu usul bilan siz, mahsulotdagi markirovkani skanerlab, tovarning sifati, tarkibi, ishlab chiqarish sanasi va boshqa kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Endi qalbaki tovarga aldanmaysiz

Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan, mahsulotlarni markirovkalash talabi allaqachon ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham, import qiluvchilar uchun ham kuchga kirgan. Demak, raqamli markirovkalanmagan yoki skanerlagan paytingizda qo'lingizdagi tovarga tegishli bo'lmagan ma'lumotlar chiqqan mahsulotlarga ishonib bo'lmaydi.

Ishlab chiqaruvchilar uchun ham foydali tizim

Raqamli markirovkalash tizimi joriy etilishining asosiy sababi qalbaki mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishiga yo'l qo'ymaslik edi. Bu esa o'z haqiqiy brendiga ega bo'lgan kompaniyalar uchun ham ancha foydali. Bundan tashqari raqamlashtirilgan mahsulotlar saqlash va ombor tizimida ham juda qulay ekanligi aytilgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot