$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ipoteka Bank OTP Group va ALPHA Education Oʻzbekistonda yirik xizmat ko‘rsatish maktabini ishga tushirdi

Ipoteka ALPHA

Ipoteka Bank OTP Group mamlakat boʻylab inson kapitaliga keng koʻlamda investitsiya kiritib, ularni oʻqitish va rivojlantirishni amalga oshirmoqda. ALPHA biznes maktabi bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatish maktabida mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish, savdo va boshqaruv kabi oʻquv dasturlari boʻyicha tahsil olinadi. Loyihaning birinchi bosqichi boʻyicha bankning respublika boʻylab filiallari xodimlari va rahbarlari qamrab olingan. Kelgusida loyihani yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Jamoaviy yondashuv va natijaga qaratilgan faoliyat

Loyihaning asosiy farqli jihati — bu kompleks yondashuv va ma'lumotlar bilan ishlashni oʻz ichiga olganida aks etadi. Unda turli ma'lumotlar yigʻilib, tahlil qilinadi. Xususan, bu treningdan oldingi va keyingi bilim darajasini aniqlash, batafsil fikr-mulohazalarni yigʻish, “maxfiy xaridorlar” orqali baholash, mijozlar qoniqishini aniqlash kabi imkoniyatlarni beradi. Butun jamoa natijaga erishish va loyiha boshida belgilangan koʻrsatkichlarga amal qilish kabi omillarga yoʻnaltiriladi.

Yaqqol natijalarga faqatgina tizimli va kompleks yondashuv orqali erishish mumkin. Loyiha quyidagi muhim xususiyatlardan iborat:

1.        “Zamonaviy menejment va servis yetakchiligi” — bu filial rahbarlari uchun moʻljallangan dastur bo’lib, unda asosiy boshqaruv kompetensiyalari, zamonaviy servis va savdo, mijozlarga yoʻnaltirilgan yondashuv va servisni boshqarish koʻnikmalari rivojlantiriladi. Dasturni 225 nafar xodimlar yakunlagan.

2.        “Mijozlarga yuqori darajada va samimiy xizmat koʻrsatish” — respublika boʻylab front-ofis xodimlari uchun keng qamrovli oʻquv dasturi (1200 nafardan ortiq ishtirokchi). Oʻquv shakli interaktiv boʻlib, keyslar, simulyasiyalar, biznes oʻyinlarni oʻz ichiga oladi.

3.        “Onlayn-oʻquv” — loyiha faqatgina an'anaviy oʻquv dasturi bilan cheklanib qolmaydi. Xizmat koʻrsatish maktabi — bu xodimlarni rivojlantirish boʻyicha tizimli yondashuvni yoʻlga qoʻygan. Shu bois, treninglar bilan bir vaqtning oʻzida oʻzbek va rus tillarida 13 ta onlayn kurs ishlab chiqildi va oʻquv platformasi yaratildi. Mikrooʻquv dasturi 5–10 daqiqalik darslar, keys va testlardan iborat.

4.        “Bank va mahsulotlar boʻyicha oʻquvlar” — bank mahsulotlari boʻyicha ham oʻquv darslari tashkil etilgan boʻlib, bu jarayonga Ipoteka Bank OTP Group mahsulot menejerlari jalb qilingan. Loyihaning 80% qismi AI vositalari orqali amalga oshirilgan.

5.        “Ichki trenerlarni tayyorlash” — yana bir muhim jihat, xodimlar orasida trening dasturlari va ssenariylarini ishlab chiqish, bank xodimlari orasida kelajakdagi trenerlar va murabbiylarni tanlab olish va ular uchun “trenerlar uchun trening” dasturini oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu esa keyingi bosqichda loyihani kengaytirish imkonini beradi.

“Ipoteka Bank OTP Group birgina oʻquv tizimini yaratish bilan cheklanmayapti — balki bankda mijozlarga xizmat koʻrsatish va kadrlar rivoji uchun yangi standartni shakllantirmoqda. Uning asosida oʻquv jarayonlarini biznes natijalar bilan bogʻlashga qaratilgan yondashuv yotadi. Bu oʻz navbatida, yangi xodimlarni ishga moslashtirishdan tortib, mijozlarni saqlab qolish va xizmat sifatini oshirishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga oladi.

Loyiha bir necha bosqichli boʻlib, servisni strategik rivojlantirish, qator xodimlarning kasbiy oʻsishi, rahbarlarni tizimli oʻqitish va uzoq muddatli korporativ madaniyatni shakllantirish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi”,— dedi o’z nutqida Ipoteka Bank OTP Group HR-direktori.Venera Erzina.

“Loyihani quvonarli jihati— xizmat koʻrsatish maktabi Oʻzbekistonning barcha hududlarini birday qamrab olgan. ALPHA jamoasi 5 yildan ortiq vaqt mobaynida nafaqat Toshkent shahrida, balki mamlakatning barcha hududlarida ham oʻquv kurslarini tashkil qilgan. Soʻnggi uch yilda hududlarda oʻquv oʻtkazish bizning strategik ustuvor yoʻnalishimizga aylangan. Biz Ipoteka Bank OTP Group ham loyiha uchun sarmoya kiritib, hamkorimizga aylanganidan mamnunmiz. Ishonchim komilki, oldinda bizni yana koʻplab shunday yirik hamkorlikdagi loyihalar va xizmat koʻrsatish maktabini yanada rivojlantirish ishlari kutmoqda”,— dedi ALPHA Education Rahbari Alisher Jumaniyazov.