$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda bitta kitob o‘qib, imtihon topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi

kitob o

O‘zbekistonda mahkumlarning jazo muddatini kitob o‘qish orqali qisqartirishni ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan mazkur tashabbus xorijiy tajribaga asoslangan. Unga ko‘ra, mahkumlar tasdiqlangan ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qish va imtihon topshirish orqali jazo muddatini qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qonun loyihasining mohiyati

Loyihaga ko‘ra:

— 1 ta kitob o‘qib, imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi.

— Mahkumlar yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qishi mumkin.

— Kitoblarning ro‘yxati va mazmuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.

Tashabbusning asosiy maqsadi – mahkumlarning bilim va madaniyatini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashishga tayyorlash va jazo o‘tash jarayonida ruhiy hamda axloqiy rivojlanishga yordam berish. 

“Kitob o‘qish mahkumlar uchun nafaqat yangi bilim olish, balki o‘zini qayta tarbiyalash va jamiyatga moslashish uchun motivatsiya yaratadi,” deydi loyiha tarafdorlari.

“Uqqan”ligi qanday aniqlanadi?

Tashabbusga ko‘ra, mahkumlar faqat kitob o‘qibgina qolmasdan, uning mazmunini tushunganligini ham isbotlashi lozim. Buni tekshirish maqsadida belgilangan tartibda imtihonlar o‘tkaziladi. Maʼlumot uchun, mahkumlar uchun adabiyotlar roʻyxati, shuningdek, ular oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar va imtihonlar oʻzgarib, yangilanib boradi.

Теги :
Jamiyat