Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°
Читать на русском

Xalqaro yuk tashuvchilar uchun ayrim ruxsatnomalar berish tartibi o‘zgardi

Ayrim mamlakatlardan tashqari barcha davlatlar ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi. Ularning elektron nusxasini “Е-avto ruxsatnoma” AATga yuklagan holda foydalanilganligi bo‘yicha tizimdan chiqariladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro yuk tashuvchilar uchun ayrim ruxsatnomalar berish tartibi o‘zgardi

Milliy tashuvchilar bildirgan takliflarini inobatga olinib, ayrim davlatlarning xorijiy ruxsatnoma blankalarini berishda yangi tartib o‘rnatildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Rossiya ruxsatnomalari

Unga ko‘ra, Rossiya ruxsatnomalari – xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida, Ozarbayjon ikki tomonlama ruxsatnomalari – eksport deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Polsha universal ruxsatnomalari

Polsha ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda eksport deklaratsiyasi, u yerdan qaytish bo‘yicha xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida arizaga biriktirgan holda;

Polsha universal ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda, xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida beriladi;

Tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi

Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Polsha, Litva, Estoniya, Vengriya, Slovakiya, Italiya, Germaniya davlatlari ruxsatnomalaridan tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi va ularning elektron nusxasini “Е-avto ruxsatnoma” AATga yuklagan holda foydalanilganligi bo‘yicha tizimdan chiqariladi.