$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Lacetti yana ishlab chiqariladimi?

Lacetti

O‘zbekistonda Chevrolet Lacetti ishlab chiqarish to‘xtatilmagani ma'lum qilindi. Yaqin kunlarda avtomobil uchun yana shartnoma berilishi yoki berilmasligi oydinlashadi.

“O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xodimining ma'lumoti

“O‘zavtosanoat” matbuot xizmatining “Kun.uz” nashriga maʼlum qilishicha, Lacetti ishlab chiqarish davom ettirilmoqda. Buning uchun kerakli ehtiyot qismlari hali ham zavodlarda mavjud. "Lacetti ishlab chiqarish qachongacha davom etishini aniq ayta olmayman. Bu birdaniga to‘xtamaydi. Yaqin 7 kun ichida xaridorlarga yana shartnoma berilishi yoki berilmasligi oydinlashadi", – degan “O‘zavtosanoat” matbuot xizmatining xodimi.

"Sehrli" savdo

Bundan avval UzAutoMotors so‘nggi marta 2024-yil 21-may kuni hech qanday ogohlantirishlarsiz 3 600 ta Chevrolet Lacetti avtomobillari uchun shartnomalar tuzgandi. Qiziqarlisi, savdo kuni kompaniyaning savdo.uzavtosanoat.uz platformasiga kirib ko‘rilsa, bu rusumdagi avtomobilga buyurtma berishning imkoni mavjud bo‘lmagan. 8-may kuni (7-mayda eʼlon berilgan) avvalgi avtomobillar xaridi uchun tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlardan 4 500 dona Lacetti’ga shartnoma bergan.

Avtomobil bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotlar

O‘tgan yili dekabrda kompaniya 2024-yildan boshlab Lacetti ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishini bildirgan. Bunga sabab sifatida mazkur rusumdagi avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish quvvatlari yangi modellarga yo‘naltirilishi keltirilgan. Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar–aprel oylarida UzAutoMotors 10 954 dona Lacetti ishlab chiqargan. “Chevrolet.uz” saytida Lacetti avtomobilining ikkita pozitsiyasi narxlari ko‘rsatilgan. Saytda Lacetti L–Style AT Plus pozitsiyasining sotuvdagi narxi –169 million 118 ming so‘m, Lacetti GN–Elegant AT esa 168 million 342 so‘m ekanini ko‘rish mumkin.