$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yana tomosha: “UzAuto Motors” sehirgarmi yo “savdogar”?

UzAuto

Kompaniya o‘zining savdo platformasida mavjud bo‘lmagan “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomobillariga rasmiy sahifasi orqali onlayn shartnomalar tuzilgani haqidagi statistikalarni e’lon qilib bormoqda.

Yo‘q mashinalar statistikasi?

Bugun, 21-may tongidan “UzAuto Motors” rasmiy Telegram kanalida vaqti-vaqti bilan “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomobillarga onlayn qancha shartnoma tuzilgani statistikasi e’lon qilindi. “10:15 holatiga ko‘ra, “Chevrolet Lacetti” avtomobili uchun 3 200 ta shartnoma tuzildi. Tuzilgan shartnomalarning 99.7 %i One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi,” deyiladi xabarda.

Qiziqarli savdo

Qiziqarlisi, kompaniyaning savdo.uzavtosanoat.uz platformasiga kirib ko‘rilsa, bu rusumdagi avtomobilga buyurtma berishning imkoni mavjud bo‘lmagan. Sababi, taklif etilayotgan avtomobillar ro‘yxatida “Chevrolet Lacetti” yo‘q. Birozdan so‘ng kompaniyanig yana bir rasmiy sahifasida “21-may kuni, Chevrolet Lacetti rusumli avtomobillar uchun 3600 shartnomalari tuzildi. Tuzilgan shartnomalarning 99.7%i One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi,” deya yuqoridagi statistika o‘zgargani ma’lum qilindi. Vaziyat yana o‘zgarmagan.

Теги :
Jamiyat
Avto
Iqtisodiyot