$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Jinoyatchilikka qarshi kurashishda Kriminologiya instituti pulli xizmatlar ko‘rsatadi

jinoyat, detektiv, kriminologiya

“O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Qaysi faoliyat turlari uchun pulli xizmat mavjud bo‘ladi?

Bu xizmatlarga ekspertlik faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari, nashriyot va matbaa faoliyatlari kiradi. Qoidalarda belgilanganidek, jismoniy yoki yuridik shaxslar ushbu xizmatlardan foydalanish uchun institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Murojaat kelib tushganidan keyin bir ish kuni ichida institut va buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuziladi.

Narxni institutning o‘zi belgilaydi

Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘lar institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar institutning ilmiy faoliyatini rivojlantirish, texnik bazasini modernizatsiya qilish va xodimlarning malakasini oshirishga sarflanadi. Xizmatlar narxi institut tomonidan bozor sharoitlariga muvofiq belgilab boriladi va zaruratga qarab o‘zgartiriladi. Pullik xizmatlar tufayli institut davlat byudjetidan to‘liq moliyalashtirishga qaram bo‘lmay, o‘z faoliyatini kengroq miqyosda va mustaqil ravishda rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.

Kriminologiya tadqiqot instituti haqida

2024-yil yanvarda prezident farmoni bilan Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgandi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Avvalroq, Kriminologiya tadqiqot instituti O‘zbekistonda mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralarini korayotgani haqida xabar bergan edik. Uni ishlab chiqish Germaniya, Janubiy Koreya, Vengriya va Turkiya kabi mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga asoslangan.

Теги :
Jamiyat