$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

“Apple” dunyoning ketma-ket 2 yildan buyon eng qimmat brend bo‘lib kelmoqda

apple

“Apple” brendi dunyoning ketma-ket 2 yildan buyon eng qimmat brend bo‘lib kelmoqda. Bu haqda “Brand Finance Global” ma’lum qildi. Kompaniya brendi qiymati yil davomida 11 foizga oshib, 574,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Reyting bo‘yicha eng qimmat o‘nlik

Reytingda ikkinchi o‘rinni “Microsoft”, uchinchi “Google”, to‘rtinchi o‘rinni esa “Amazon” egalladi. Shuningdek, eng qimmat brendlar o‘nligiga “Samsung”, “Tik Tok”, “Facebook”, “Nvidia” va Xitoyning “State Grid Corporation of China” kabi kompaniyalar kiritildi. “Deutsche Telekom” umumiy reytingda 11-o‘rinni egallab, Yevropaning eng qimmat brendi sifatida tan olindi.

“Brand Finance Global” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat 500 ta brendning umumiy qiymati o‘tgan yil davomida 10 foizga o‘sib, qariyb 9,5 trillion dollarni tashkil etgan. 

“Apple” 2024-yilda ham eng qimmat brend bo‘lgan edi

“Apple” 2024-yilda eng qimmat kompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Kompaniyaning qiymati yil davomida 74%ga oshgan va $516,6 milliard dollarni tashkil etgan.

2023-yilda yetakchi bo‘lgan “Amazon” uch pog‘ona pastlab, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketgan. Yil davomida brend narxi qariyb 3%ga — $308,9 mlrdga qimmatlashgan.

“Microsoft” yaxshi o‘sishni ko‘rsatib, kompaniya ikki pog‘onaga ko‘tarilgan. Bunga qiymatning 78%ga oshishi ($340,4 mlrdgacha) yordam bergan.

Uchinchi o‘rinda, avvalgidek, qiymati 18,5%ga ($333,4 mlrdgacha) oshgan “Google” joylashgan.

Kompaniyaning boshqa xalqaro reytinglarda yillar kesimida ko‘rsatgan natijalari

“Interbrand” konsalting kompaniyasi 2023-yilda dunyodagi eng qimmat brendlarning yillik reytingini taqdim etgan.

Ushbu reytingga kiritilgan 100 ta brendning umumiy taxminiy qiymati yil davomida 5,7%ga oshib, $3,3 trlnni tashkil etgan.

Reytingda “Apple” $502,7 mlrd. brend qiymati bilan birinchi o‘rinni egallagan. Shu tariqa, “Apple” ketma-ket o‘n bir yil peshqadamlikni saqlab kelgan.

Ikkinchi o‘rinda “Microsoft” korporatsiyasi ($316,7 mlrd, +14%), uchinchi o‘rinda “Amazon” ($276,9 mlrd, +1%) kompaniyalari egallagan.

Yil boshidan buyon kompaniyaning aksiyalari 35%ga qimmatlashgan, bozor qiymati esa $690 mlrdga oshgan.

2022-yilda “Apple” kompaniyasi yana dunyoning eng qimmat brendi maqomini olgan. Bu haqda Brandz Top 100 Most Valuable Global Brands reytingida ma’lum qilingan. 

Brendning narxi 947,1 mlrd dollar deb baholangan. Apple brendi mazkur reytingda oxirgi marta 2015-yilda birinchi o‘rinni egallagan, so‘ngra birinchilikni Amazon kompaniyasiga berib qo‘ygan.

Reytingning yuqori beshtaligidan yana quyidagi kompaniyalar o‘rin olgan:

·        Google - 820 mlrd dollar;

·        Amazon - 706 mlrd dollar;

·        Microsoft - 611 mlrd dollar;

·        Tencent - 214 mlrd.

Ro‘yxatning yuqori o‘ntaligiga McDonald`s, Visa, Facebook, Alibaba va Louis Vuitton kompaniyalari kirgan.

Top-100talikka kirgan barcha brendlarning umumiy qiymati qariyb 8,7 trln dollarni tashkil etgan. Reytingga eng ko‘p brendi kirgan mamlakat AQSh, undan keyingi o‘rinlarda Xitoy va Yevropa joylashgan. 

O‘zbekistonda “Apple” offislari qachon ochilgan edi?

Eslatib o’tamiz, 2021-yilda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov O‘zbekistonda Apple kompaniyasining rasmiy ofislari ochilishi haqida xabar bergan edi.

“Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda”, — deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari.

Shuningdek, 2020-yilning may oyida tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya — Apple Distribution International Limited O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani va I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat budjetiga 59,2 ming AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagani to‘g‘risida xabar berilgan.