Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +10°
Читать на русском

Keyingi yilda tijorat banklari 300 trillion so‘mdan ortiq kredit ajratadi

Shuningdek, tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib banklar 2025-yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar jalb qilishi rejalashtirilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yilda tijorat banklari 300 trillion so‘mdan ortiq kredit ajratadi

2025-yilda Oʻzbekistonda tijorat banklari tomonidan jami ajratiladigan kreditlar hajmi 300 trillion soʻmdan oshadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan tashkil qilingan muloqot chogʻida maʼlum qildi.

Bu yil kreditlar hajmi 275 trillion soʻmni tashkil qiladi

Prognozlarga koʻra, joriy yil yakuniga qadar kreditlar hajmi 275 trillion soʻmni tashkil qiladi. Shuningdek, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion soʻmga yetkaziladi.

Aholi omonatlari ham 25 trillion soʻmga ko‘paydi

Shu bilan birga, korxonalarning banklardagi mablagʻlari 20 trillion soʻmga oshib, 107 trillion soʻmga yetdi. Aholi omonatlari ham 25 trillion soʻmga koʻpayib, 105 trillion soʻm boʻldi.

Davlat rahbari 2025-yilda tijorat banklari davlat kafolatisiz xorijdan $6 milliard jalb qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.