$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

2,5 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari talon - toroj qilingani aniqlandi

korrupsiya

Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 22 ming 115 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi

10 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi

Shundan, 5 ming 587 nafar tadbirkorga 691 mlrd. so‘mlik kredit, 421 nafariga yer maydoni, 132 nafariga bino ajratilishi, 976 nafariga ruxsatnoma va lisenziya berilishi, 7 235 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi. Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 ming 210 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.

Shuningdek, 7 ming 897 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 18 ming 565 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Shu bilan birga, 15 ming 986 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 13 ming 870 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi. Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 ming 125 ta muammolar ijobiy hal etildi.

Kredit talon-taroji va qarzdorliklar

Kredit mablag‘lari talon - torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirilgani aytildi. Prokuratura aralashuvi bilan qarzdorliklarning 11,6 trln. so‘mi amalda undirildi, 8,9 trln. so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,6 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,5 trln. so‘mi talon - toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Qurilishdagi burilishlar

2024-yilgi investisiya dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi. 

Mazkur dastur ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 466 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 854 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 262 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 71 mlrd. so‘m zarar undirildi

Теги :
Jamiyat