$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda xususiy korxonalar keskin kamaymoqda

Inqiroz

Statistika agentligi eʼlon qilgan mamlakatdagi korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha press-relizda bir qator qiziqarli ma'lumotlar ochiqlandi.

Korxonalar sohalar kesimida

Unda yozilishicha, Respublika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalar soni 2023-yildagi 89 170 tadan hozirgi 63 465 tagacha kamaygan. Ma'lum bo'lishicha, 2024-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi jami xususiy korxonalar soni 63 465 tani tashkil etgan. Xususiy korxonalarning 27 944 tasi savdo sohasida, 9 750 ta sanoat, 5 192 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hamda 4 161 tasi qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida vaziyat qanday?

Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p xususiy korxonalar Toshkent shahrida qayd etilgan bo'lib, ularning soni 8 094 tani tashkil qilgan. Shu bilan birga, Farg‘ona (7 848 ta) hamda Qashqadaryo (7 608 ta) viloyatlaridagi xususiy korxonalar soni boshqa hududlardagiga qaraganda sezilarli ko‘p ekanligi aniqlangan. Qolgan hududlardagi korxonalar soni quyidagicha:

Samarqand viloyati — 5 610 ta;

Surxondaryo viloyati — 5 201 ta;

Xorazm viloyati — 4 889 ta;

Navoiy viloyati — 4 487 ta;

Toshkent viloyati — 4 167 ta;

Namangan viloyati — 4 010 ta.

25 705 yo'qotish

Qayd etilishicha, qolgan hududlardagi xususiy korxonalar soni 3 000 taga ham yetib bormaydi. Masalan, Buxoroda 2 857 ta, Jizzaxda 2 719 ta, Andijonda 2 380 ta, Qoraqalpog‘istonda 2 347 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda. Respublikada eng kam xususiy korxonalar Sirdaryo viloyatida bo'lib, ularning barchasi 1 248 tani tashkil qilgan.

Agentlik keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda jami 89 170 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan bo‘lgan. 2024-yilga kelib ularning soni qariyb 25 705 taga kamaygan.