$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Koronavirus hali ortga chekinmadi: kuniga 10 mingta yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda

Koronavirus

Koronavirus pandemiyasi, vahima-yu, qat'iy tartiblar ko'pchilikni tashvishlantirmay qo'ygan, ammo virus hali-hamon butunlay yo'qolib ketmadi. Bugungi kunda dunyodagi 221 davlatda koronavirus infeksiyasidan zararlangan kishilar soni 703,8 million nafarga yetdi. Ulardan 7 milliondan ortig‘i vafot etdi. So‘ngi kunlarda bir sutka ichida 7-10 mingta yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonda 1,4 mln. Afg‘onistonda 231,5 ming, Qirg‘izistonda 206,9 ming, Tojikistonda 17,8 ming holatda koronavirus kasalligi ro‘yxatga olingan. 

2024-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda kasallanish 261 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06 foiz) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan. Bu haqda Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berdi. 

Kasallikning yuqtirib olish manbai

Ta’kidlanishicha, kasallikning tarqalganlik darajasi 1 ni tashkil etmoqda. JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi. Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7 foiz holatda bemor qo‘shnilari, 10-12 foizi holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 foiz holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda. 

Eng samarali usul — vaksinatsiya

– Virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi tahlillarning 100 foizida “omikron” shtammi aniqlangan, – deydi N.Otabekov. – Butun dunyoda COVID-19ga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri sifatida unga qarshi vaksinalar bilan emlash, deb qaralmoqda. Respublikada COVID-19ra qarshi emlash jarayoni uchun jami 86,6 mln. doza vaksina olib kelindi va ishlab chiqarildi. Bugungi kunga qadar 85,2 mln. doza vaksina qo‘llanildi. Shundan, to‘liq vaksina kursini olganlar – 18,1 mln. nafar (rejaga nisbatan – 78 foiz), buster doza olganlar – 18,6 mln. nafar (rejaga nisbatan – 80 foiz), revaksinatsiya qilinganlar– 14,7 mln. nafarni tashkil etdi. 

Hozirda, Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining vaksina saqlash omborxonalarida Johnson & Johnson va Pfizer-BioNTesh vaksinalari zaxirasi mavjud.