$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Janubiy Koreya hukumati Markaziy Osiyo mintaqasiga O‘zbekistonda bir martalik olinadigan pora miqdorida yordam puli ajratadi

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya 3 yil ichida Markaziy Osiyo mintaqasi iqlimini yaxshilash uchun 3 mln. AQSh dollari ajratadi. Qiziqarlisi, bundan bir hafta avval ayni shu miqdordagi summani mamlakat amaldorlaridan biri qabul qilib olgan vaqtda qo‘lga tushgandi.

Loyiha maqsadi

Janubiy Koreya hukumati kelgusi uch yil ichida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 million dollar xayriya qilishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Janubiy Koreya Moliya vazirligiga ko‘ra, mablag‘ Markaziy Osiyo mamlakatlarining infratuzilmasini rivojlantirish, energiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va mintaqaviy ta’minot zanjirlarini barqarorlashtirishga yo‘naltiriladi. Janubiy Koreya moliya vazirligi mazkur loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishiga umid qilmoqda.

3 million dollarlik pora

DXX matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 million dollar olgan vaqtida ushlanadi. Qayd etilishicha, hokim muovini klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan, hokimlik zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini kimoshdi savdosida yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 million dollar talab qilgan. U bo‘nak sifatida 1 million dollarni haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlangan.

Теги :
Iqtisodiyot