Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 83 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +13° kechasi +11°
Читать на русском

Milliy kino yaratish uchun 110 mlrd. so‘m ajratiladi

2025-yil uchun davlat byudjeti loyihasida Madaniyat vazirligiga respublika byudjetidan 1,2 trln. so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Milliy kino yaratish uchun 110 mlrd. so‘m ajratiladi

2025-yil uchun davlat byudjeti loyihasida Madaniyat vazirligiga respublika byudjetidan 1,2 trln. so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Byudjet taqsimoti

Ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil uchun davlat byudjeti loyihasida Madaniyat vazirligiga respublika byudjetidan 1,2 trln. so‘m, shu jumladan, vazirlikning joriy xarajatlariga 1,1 trln. so‘m, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga 120 mlrd. so‘m ajratilish rejalashtirilmoqda.

Madaniyat vazirligi rejalari

2025-yilda vazirlikning quyidagi rivojlantirish dasturlari uchun 252 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan:

  • davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish uchun – 110 mlrd. so‘m;
  • Madaniyat vaziri jamg‘armasi mablag‘lari – 50 mlrd. so‘m;
  • milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiyalar – 12 mlrd. so‘m;
  • "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish uchun xarajatlar – 10 mlrd. so‘m;
  • xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston hududida kino ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun xarajatlar – 5 mlrd. so‘m.