$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka bank va Kiberxavfsizlik markazi raqamli xavflarga qarshi kuchlarni birlashtirdi

Ipotekabank OTP Kiberxavfsizlik

Ipoteka bank OTP Group va O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi moliyaviy sohada kibertahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlik mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy mablag‘larini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Kiberjinoyatlar ortib bormoqda

So‘nggi yillarda bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi holatlari ortib borayotgani sababli, raqamli xavfsizlik moliya sektorining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Yangi memorandum doirasida tomonlar kiberhujumlar bo‘yicha tezkor ma’lumot almashadi, xavf-xatarlarni birgalikda tahlil qiladi hamda ehtimoliy zararlarning oldini olish choralarini ishlab chiqadi.

Mutaxassislar malakasi oshiriladi

Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi Sandro Rtveladzening ta’kidlashicha, raqamlashtirish jarayonida mijozlar xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi va mazkur hamkorlik tahdidlarni tezkor aniqlash imkonini kengaytiradi. Tomonlar, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etish borasida ham hamkorlik qiladi. 

Reklama huquqlari asosida