$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Feruza Normatova kiberbulling qurboniga aylandi

normatova

Aktrisa va bloger Feruza Normatova Instagram tarmog‘ida muntazam ta’qibga uchragani va sha’ni haqorat qilinib, shaxsiy hayoti haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holatga huquqiy baho berish uchun jinoiy ish qo‘zg‘atish talab qilinmoqda.

Instagram orqali maniakal ta’qib va tuhmatlar

Feruza Normatovani Instagram tarmog‘ida Ahmadjonov Otabek ismli shaxs muntazam ta’qib qilgani va haqoratlagani aniqlangan. Ushbu shaxs ijtimoiy tarmoqda unga qarshi videolar chiqarib, buni "serial" deb atamoqda. Har bir videoda tuhmat va haqoratli ma’lumotlar joy olgan bo‘lib, shaxsiy hayoti va oilasi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda.  

“Bunaqasiga birinchi marta duch kelishim. Qip-qizil kiberbulling, men hatto maniakal kiberbulling degan boʻlardim. A.O. Instagram’dagi akkauntida Feruza Normatova haqida tinimsiz qisqa videolar chiqarib yotibdi (buni oʻzicha “serial” deb ataydi). Har bir videoda tuhmat, haqoratlar bor; F.Normatovaning shaxsiy hayotini muhokama qiladi, oʻtmishini kavlashtiradi, ba'zan oʻz ogʻzi bilan va ba'zan “podpischiklari tilidan” Feruzaga oid badnom qiluvchi, tahqirlovchi yolgʻon ma'lumotlarni oʻqib beradi…”, – deydi advokatZebo Komilova.

Holatning huquqiy bahosi va jazo talabi

Mazkur holat huquqiy tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Toshkent shahar IIBBga taqdim etilgan arizada Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat), 140 (haqorat) va 141-1 (shaxsiy hayotga aralashish) moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atish so‘ralmoqda. Ahmadjonovning bu qilmishlari nafaqat ma’naviy zarar yetkazmoqda, balki huquqiy javobgarlikni ham talab qilmoqda.  

Kiberbullingning kuchayishi va xavfli oqibatlar

Mutaxassislar mazkur holatni faqat kiberbulling emas, balki maniakal ta’qib deb atamoqda. Ahmadjonovning bunday harakatlari, qisman o‘z tashabbusi yoki ehtimol boshqa bir shaxsning buyrug‘iga asoslangan bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Mazkur ishda Ahmadjonovga yordam bergan E.Sh. ismli qiz ma’muriy tartibda sud orqali javobgarlikka tortilgan. Ammo Ahmadjonovning qilgan qilmishlari jinoiy tusda bo‘lib, bu yanada qattiqroq jazo choralarini talab qiladi.

Теги :
Jamiyat