$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 2024-yilda yuz bilan yuzlashganlar 514 nafarni tashkil qildi

qariya

Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bo‘ladi” degan naql bor. O‘zbekistonda shunday yoshi ulug‘ nuroniylarimiz soni ma’lum qilindi.

100 ga yetganlar 514 nafar

Pensiya jamg'armasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra respublikamizda 100 yoshga kirgan va 100 yoshdan oshgan 514 nafar nuroniylar pensiya va nafaqa olmoqda.

Nuroniylarning asosiy qismi onaxonlar

Ma'lumotlarga qaraganda, 100 yoshdan oshgan nafaqaxo'rlarning 110 nafari (21,4%) erkak va 404 nafari (78,6%) ayol kishilar.

2023-yildagi ko'rsatkichlar

100 yoshga to'lgan pensiya va nafaqa oluvchilar 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 147 nafarni tashkil qilgan bo'lib, ularning 32 nafari(21,7%) erkak va 115 nafari(78,3%) ayollar hisoblanadi.

Hududlar kesimida

100 yoshdan oshgan nafaqa oluvchilarning eng ko'p bo'lgan hududlar orasida Qashqadaryo viloyati 92 nafar ko'rsatkich bilan birinchi o'rinda egalladi. Keyingi navbatda 71 nafar nuroniy bilan Surxondaryo turgan bo'lsa, Andijon 46 nafar pensionerlar bilan uchinchi o'rinni band qildi. 

Keyingi o'rinlarda esa:

  • Farg‘ona viloyatida – 45 nafar;
  • Toshkent viloyatida – 41 nafar; 
  • Samarqand viloyatida – 36 nafar;
  • Buxoro viloyatida – 35 nafar;
  • Namangan viloyatida – 33 nafar;
  • Xorazm viloyatida – 28 nafar;
  • Toshkent shahrida – 26 nafar;
  • Jizzax viloyatida – 16 nafar;
  • Navoiy viloyatida – 13 nafar; 
  • Qoraqalpog‘istonda – 21 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida – 11 nafar pensiya oluvchi 100 yoshdan oshgan otaxon va onaxonlar borligi qayd etilgan.