$
 11839.59
6.22
 13569.35
-8.26
 140.42
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026”: Mehribon qo‘llar sohibalari e’tirof etildi

GIM

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash va amaliy kasb egalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘z g‘oliblarini aniqladi. Oddiy va sharafli kasb egalari uchun haqiqiy “Oskar” darajasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli tadbirda eng fidoyi ustalar va yosh mutaxassislar katta sahnaga taklif etildi.

Tadbir doirasida alohida e’tibor qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biri — “Tibbiy va ijtimoiy gʻamxoʻrlik” kasbi bo‘ldi. Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatda mehnatsevarlik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishda ushbu soha vakillarining o‘rni beqiyosdir.

O‘z professionalligi va mahoratini ko‘rsatgan g‘oliblar

Tibbiy va ijtimoiy gʻamxoʻrlik yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli mutaxassislar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yuqori bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘olibi hamda sovrindorlari bo‘lishdi:

1-o‘rin g‘oliblari:

  • Ergasheva Diyora Davron qizi (Toshkent shahri, Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)
  • Sagidullayeva Dilnaz Baxadir qizi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus 2-son Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)

2-o‘rin sovrindorlari:

  • Sa’dullaeva Jasmina Abdullo qizi (Samarqand viloyati, Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)
  • Usmonova Muxlisa Obid qizi (Samarqand viloyati, Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)
  • Jalgasova Rano Mirzaali qizi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)
  • Nurabillaeva Rayxan Kuatbaevna (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi)

3-o‘rin sovrindorlari:

  • Madaminova Oyjaxon Odiljon qizi (Namangan viloyati)
  • Toshkentboyeva Lola Valijon qizi (Toshkent shahri)
  • Rahmonqulova Munavvar G‘ulommuhammad qizi (Sirdaryo viloyati)
  • Majidova Saodat Baxtiyor qizi (Toshkent shahri)
  • Usmonova Mohinabonu Farxodjon qizi (Namangan viloyati)
  • Abdurazakova Mahliyo Abdurashid qizi (Toshkent viloyati)

Xalqaro maydonga yo‘l

Ijtimoiy va tibbiy sohada mehnat qilayotgan ushbu yoshlar medallar va yirik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Eng muhimi, tanlovning eng yaxshi vakillari xalqaro nufuzga ega WorldSkills chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Xalqaro sahnada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m miqdoridagi alohida mukofot bilan taqdirlanadilar. Bu kabi rag‘batlantirishlar tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik kasbining amaliy jozibadorligini va jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat