$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Farzandingizning boʻyi pastmi?

Bo

Baʼzi bolalarning boʻyi tengdoshlariga nisbatan ancha past boʻlib, keyinchalik ham oʻsmay qolishi mumkin. Koʻpchilik buni irsiyatga bogʻlaydi, yo otasi yo onasining boʻyi past boʻlsa kerak, deb oʻylaydi. Bu gaplarda jon bor, ammo ayrim garmonlarning yetishmasligi ham boʻy oʻsishiga toʻsiq boʻlishi mumkin.

Tibbiyot fanlari nomzodi Muxlisa Shorixsiyeva bugun shu mavzuda maʼlumot berdi.

Asosan bolalarda uchraydi 

O‘sish gormoni yetishmovchiligi asosan bolalarda uchraydigan noyob kasallik bo‘lib, bu ularda jismoniy rivojlanishning sekinlashishiga olib keladi.

Tugʻma yoki orttirilgan

Ushbu xastalik tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kasallik somatotropin gormoni yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. U nafaqat o‘sish, balki organizmdagi umumiy metabolizm jarayonlarida ham muhim rol o‘ynaydi. Suyaklar, mushaklar va kognitiv funksiyalarga ta’sir qiladi.

Gormon yetishmovchiligiga sabab nima?

Somatotropin gormonining organizmda yetarli darajada ishlab chiqarilmasligining sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Ular orasida – irsiy anomaliyalar, turli jarohatlar, gipofizdagi o‘simtalar va boshqa omillar bor. 

Qancha vaqtda seziladi?

O‘sish gormonining tug‘ma yetishmovchiligi odatda 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan davrda seziladi. 

Kasallik alomatlari 

Bolalarda ushbu xastalik, eng avvalo, bo‘y o‘sishining sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bemorda tish o‘sishi, suyaklarning shakllanishida ham oqsash kuzatilishi mumkin.  

Kasallikka chalingan bolalar, ayniqsa, chaqaloqlarda uchraydigan yana bir muhim alomat qonda qand miqdorining juda pastligi, ya’ni gipoglikemiyadir.

Kasallikni aniqlash usuli

Bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun bir qancha laboratoriya tekshiruvlari, shu jumladan qonda o‘sish gormoni miqdorining tahlili, suyak tizimi holatini baholash uchun rentgen tekshiruvi, gipofizda o‘simtalar bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi tayinlanadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, shifokor tomonidan tegishli davo muolajalari tanlanadi. 

Kasallikka davo bormi?

Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasallik qanchalik erta aniqlanib, terapiya tezroq boshlansa, davolash samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tkazib turishi, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini nazorat qilishi lozim.