$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

2 oyda transport va virtual kartalari orqali 88,5 million kundalik qatnov amalga oshirildi

karta

Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transporti (avtobus va metropoliten)da yo‘l haqining yangi tariflari amal qilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu tizimning joriy etilishi yo‘lkira to‘lash jarayonini soddalashtirish va transport xizmatlarini yanada zamonaviylashtirishga qaratilgan. 

1 yil mobaynida almashish tariflari orqali - 19,06 mlrd. so‘m tejalgan

Yangi tartib 2024-yil oxiri va yil boshidan boshlab barcha jamoatchilik transportlari uchun amal qila boshlandi.

2024-yil yanvar-dekabr oyida almashish tariflaridan foydalanib yo‘lovchilar o‘z mablag‘larini bir necha barobarga tejashdi.

Xususan, jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 88,5 million sayohat amalga oshirildi.

Avtobuslarda - 60,9 million;

Metropolitenda - 27,5 million

Yo‘lovchilar 1 yil mobaynida almashish tariflari orqali - 19,06 mlrd. so‘m tejashdi.

Tranzaksiya jarayonidagi o‘sish ko‘rsatkichlari

Shuning bilan birga, 2024-yilda ATTO tizimi ta’sirli natijalarni ko‘rsatib, poytaxt va viloyatlarda kundalik qatnovlarning muhim qismiga aylandi:

Jamoat transportida 510,5 mln. tranzaksiya amalga oshirildi - 2023-yilga nisbatan o‘sish 52,6 % ni tashkil etdi.

Transport kartalari yordamida 323,3 mln. tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 53,5 millioni tarif rejalari orqali amalga oshirilgan.

Bank kartalari orqali to‘lovlar 71,5 % ga oshib, 146,5 mln tranzaksiyani tashkil etdi.

Metro yo‘lovchilari QR-kod orqali 75,6 mln, mobil QR orqali yana 3 mln. tranzaksiya amalga oshirgan.

ATTO virtual kartalari o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – 286,2% yoki yiliga 2 mln. tranzaksiya.

Avtobuslarda mobil QR orqali 4,3 million tranzaksiya amalga oshirildi.

256 175 ta transport kartalari sotildi, “ATTO” mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 740 mingdan oshdi.

Respublika hududlarida tranzaksiyalar 177,3 % ga oshib, 15,8 mln. operatsiyalarni tashkil etdi.

Jamoat transportida tranzaksiya qanday tartibda ishlaydi?

Ma’lumot uchun, Tranzaksiya – bu iqtisodiy yoki moliyaviy operatsiyani ifodalovchi jarayon bo‘lib, aktivlar, pul mablag‘lari yoki boshqa qiymatga ega narsalarning bir subyektdan boshqasiga o‘tishini bildiradi. Tranzaksiya banklar, moliyaviy institutlar, korxonalar va jismoniy shaxslar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.

Metro va avtobuslarda tranzaksiya – bu yo‘lovchilarning transport xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirish jarayoni. Bu odatda elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi va quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

Plastik va Transport kartalari orqali tranzaksiya

Yo‘lovchi transport kartasini validatorga tegizadi. Tizim kartadagi balansni tekshiradi va chipta narxini yechadi.

Agar yetarli mablag‘ bo‘lsa, tranzaksiya muvaffaqiyatli yakunlanadi va turniket ochiladi. Agar mablag‘ yetmasa, tranzaksiya rad etiladi.

Bank kartasi orqali tranzaksiya

Yo‘lovchi kontaktli yoki kontaktless (NFC) bank kartasini validatorga tegizadi. Tizim bank hisobvarag‘ini tekshiradi va to‘lovni yechadi. Tranzaksiya tasdiqlansa, yo‘lovchi avtobusga chiqishi yoki metro turniketidan o‘tishi mumkin.

Mobil to‘lovlar (QR kod orqali tranzaksiya)

Yo‘lovchi mobil ilovada QR kodni skanerlaydi yoki ilova orqali to‘lov qiladi. Tizim to‘lovni tekshiradi va tasdiqlasa, transport xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi.