$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent jamoat transportida naqd yo‘lkira 3 ming so‘mga chiqadi

yo

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transporti (avtobus va metropoliten)da yo‘l haqining yangi tariflari amal qiladi. Toshkent shahri hokimi qaroriga muvofiq, yo‘l haqini elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirishga o‘tish rag‘batlantiriladi.

Yangi tariflar

Quyidagi tariflar belgilangan:

Naqd to‘lov uchun tarif: bir yo‘lovchi qatnovi uchun 3 000 so‘m.  

Elektron to‘lov uchun chegirmali tarif: bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 700 so‘m.  

Bagaj tashish xizmati: 4 000 so‘m.  

Transport kartasi orqali qatnovlar soniga mos tarif: 1 600 so‘m.

Imtiyozlar va bepul tariflar saqlanib qoladi

Transport kartalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi. Transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida yo‘nalishli transportdan boshqasiga o‘tish imtiyozlari hamda bepul tariflar o‘zgarishsiz qoldiriladi. 

Naqd pul to‘lovlariga yakun

2025-yildan boshlab Toshkent shahridagi barcha avtobuslarda yo‘lkira haqini naqd pulda to‘lash amaliyotiga yakun yasaladi. Yo‘lkira haqi faqat elektron to‘lov tizimi orqali qabul qilinadi. Ushbu tizimning joriy etilishi yo‘lkira to‘lash jarayonini soddalashtirish va transport xizmatlarini yanada zamonaviylashtirishga qaratilgan.