$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish Ma’muriy jazo tarkibiga kiritildi

jazo

Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, qonun qabul qilindi.

2024-yilning 10-iyul kuni Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Ma’muriy javobgarlik to‘g’risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokamaga qo‘yilgan va ma’qullangan edi. Kecha 7-oktyabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, qasddan badanga yengil shikast yetkazish ma’muriy jazo tarkibiga kiritildi.

Qonunni yangi tavsifiy belgilar bilan to‘ldirish ko‘rib chiqilmoqda

Qonunga ko‘ra, kodekslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuning bilan birga, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to‘ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.

Qonunga rioya qilmagan shaxs endi 15 sutkaga qamaladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;

15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.