$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoiy javobgarlikdan olib tashlanmoqda

Zo

2024-yilning 10-iyul kuni Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar bir qator mavzular yuzasidan bahs olib borishdi. Jumladan, ushbu yalpi majlisda “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi Qonun ham muhokama qilindi.

Yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar 

Endilikda qonun bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Yarashuv institutining ta’sir etish doirasini kengaytirish

Senat a’zolari mazkur Qonun aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga, mamlakatimizda kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining ta’sir etish doirasini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. 

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 277-moddasida (bezorilik) badanga yengil shikast yetkazish qilmishiga jazo belgilangan. Mazkur qilmish bilan ayblanganlar BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Теги :
Jamiyat