$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

48 soat emas, 15 kun: Radar bo‘yicha yangilikka izoh berildi

radar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Foto va videoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi maʼlumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikdan ozod bo‘lishi, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilgani” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishda nima nazarda tutilgan?

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda muhokama qilinayotgan qonun muhokamasida ma’lum qilingan edi. 

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqish tugatish belgilanmoqda. 

Aslida 15 kun

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirish berishicha, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuboriladi.

Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.