$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Agar qoidani buzganingiz haqida 48 soat ichida xabar kelmasa, jarimadan ozod bo‘lasiz

ypx jarima

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘lishi to‘g‘risidagi tartib kiritilmoqda.

Bu borada ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda muhokama qilinayotgan qonun muhokamasida ma’lum qilindi.

Javobgarlikdan ogohlantirilmaslik jazoni bekor qiladi

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqish tugatish belgilanmoqda. 

Velosiped haydovchilari uchun ham javobgarlik belgilanmoqda

Bundan tashqari, loyihada kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari hamda individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped haydovchi, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi) boshqarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Favqulodda holatlar uchun yordam

Shuningdek, MJtKning 171-moddasiga tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish belgilanmoqda.