$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Yo‘llar sifatini aniqlovchi, mikrosuvo‘tlaridan kislorod oluvchi, havo ifloslanishini o‘rganuvchi, ko‘rlar uchun maxsus — “InnoWeek–2024”ning muhim ixtirolari

i 11 15


Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan xalqaro innovatsion haftalik — “InnoWeek–2024” yangi ishlanmalar, ixtirolar va startaplar bilan, shuningdek, xalqaro mehmonlarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari bilan yanada qizgin tus olmoqda. Haftalikning ikkinchi kunida tashkil etilgan davra suhbatlari, ma’ruzalar, donorlar ishtirokida demo-dey davomida qilingan taqdimotlar, ko‘rgazmalar zalida namoyish qilinayotgan yangiliklar mamlakatimizdagi innovatsion muhitni yanada yaxshilash, tadqiqotchi-olimlarimiz uchun xalqaro hamjamiyatda muloqotdoshlar topish hamda yangi g‘oyalar ustida ishlash uchun muhim maydonga aylandi. 

Yangi startaplar orasida sog‘liqni saqlash, shaharsozlik, qishloq xo‘jaligi, robototexnika, elektronika kabi muhim tarmoqlarga doir ishlanmalar bugunning dolzarb muammolariga yechim topishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Endi ko‘priklarni tekshirish uchun tank shart emas

Namanganlik hamyurtlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan yollar, ko‘prik va ko‘pqavatli binolar sifatini aniqlab beruvchi innovatsiya tufayli endi endilikda yangi qurilgan obyektlarning ham zilzilabardoshligi, chidamliligi va yaroqlilik muddatini aniqlash imkoniyati tug‘ilmoqda.

— Ushbu qurilmaning sinov jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda mazkur qurilma Namangan bilan Andijonni bog‘lovchi ko‘prikda sinash rejalashtirilmoqda, — deya ma’lumot berdi loyiha rahbari.

Ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bor kishilar uchun foydali qurilma

Yana bir foydali hamda ijtimoiy startap Diyora Ahmadbekova tomonidan taqdimot qilingan “Vision” qurilmasi ko‘rishda nuqsoni bor, ko‘zi ojiz hamyurtlarimiz uchun ajoyib yangilik bo‘lmoqda. 

Ushbu loyihaning o‘ziga xosligi faqatgina o‘z egasiga atrof-muhit haqida xabar yetkazibgina qolmay, balki zaruriy hollarda shifokorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoni mavjudligi bilan ham ahamiyatlidir.

Mikrosuvo‘tlaridan ham kislorod olish mumkin

“InnoWeek–2024” doirasida taqdim etilgan yana bir yangi ixtiro — mikrosuvo‘tlari yordamida kislorod ajratib olish mumkin bo‘lgan qurilma ham bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan chuchuk suv tanqisligi muammosiga yechim bo‘lishi ham mumkin.

Uskuna havodagi karbonat angidrid va is gazlarini hamda boshqa shu turdagi inson salomatligiga salbiy ta'sir qiladigan zararli va zaharli moddalarni mikrosuvo‘tlari yordamida adsorbsiya qilib natijasida fotosintez jarayonida kislorod ishlab chiqaradi.

Qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri mikrosuvo'tlarini ochiq havo ostida o‘stirishdir. Bunday o‘stirish yordamida biomassa olish texnologiyasini yanada yengillashtiradi. Bu holatda biomassa havo tarkibidagi is gazini (CO2) o'zining o'sish tarzi uchun ishlatadi.

Havo ifloslanishini o‘rganuvchi va nazorat qiluvchi qurilma yaratildi

Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab ekologik hamda texnologik ta’sirlar oqibatida havo ifloslanish darajasining ortib borishi muhokama mavzularida kundamlikda bo‘lib turibdi. Ayni shu masalada havo sifatini tahlil qiluvchi qurilmaga bo‘lgan ehtiyojni endi mahalliy mahsulot bilan ham qondirish mumkin. Haftalikda taqdim etilga PM2.5 dan namuna yig‘ish qurilmasi ayni shunday muhim ixtiro bo‘ldi.

Quruq iqlim uchun mos havodagi muallaq moddalar zarrachalari (PM)ning aerodinamik diametri 1 mikrometrdan (PM1) 10 mikrometrgacha (PM10) zarrachalardan yuqori aniqlikda namuna olish qurilmasi bo‘lib, ushbu qurilmada PM namunalari filtr va siklonlar yordamida yig‘iladi. Siklonlar havodagi aerodinamik diametri 150 nanometrgacha bo‘lgan zarrachalarni yig‘ishi mumkin. Bu esa quruq iqlim sharoitida PM toksikligini baholash tahlilining aniqligi oshadi va xarajatlarni kamaytiradi.