$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

MIB Xorazmda jismoniy va yuridik shaxslarning kompensatsiya to‘lovlarini undirib berdi

ijro

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga kompensatsiya undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jismoniy shaxslarning qarzlari amaldan undirib berilgan

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 7 mlrd. 845 mln. so‘mlik 28 ta ijro hujjatlari bo‘yicha ishlar tamomlangan bo‘lsa, shundan 24 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 5 mlrd. 412 mln. so‘m qarzdorliklar amalda undirilgan.

Shuning bilan birga, ijro harakatlari davomida, jismoniy shaxslar foydasiga 20 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 3,3 mlrd. so‘m qarzdorliklar amalda undirilgan.

Fuqaroning suddagi murojaati o‘z yechimini topdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan javobgar Xiva shahar hokimligidan undiruvchi fuqaro U.Otajonov foydasiga 154 mln. so‘m kompensatsiya pullari undirilgan.