$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Ixtiro: Qondagi qand miqdorini pasaytirishga yordam beruvchi non ishlab chiqarildi

non

Shimoliy Kavkaz Federal universiteti tadqiqotchilari qandli diabet va COVID-19 dan aziyat chekkanlar uchun mo‘ljallangan non mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini taklif qilishdi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu mahsulotlar nafaqat qondagi qand miqdorini nazorat qilish, balki immunitet tizimini mustahkamlash va ishtahani nazorat qilishga ham yordam beradi.

“Saxar”i borlar non mahsulotlaridan voz kechishi kerak

Qandli diabet - surunkali kasallik bo‘lib, unda oshqozon osti bezi yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarmaydi yoki organizm uni samarali ishlata olmaydi, natijada glyukoza almashinuvi buziladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) qandli diabet umr ko‘rish davomiyligini qisqartirishning asosiy sabablaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.

Shimoliy Kavkaz federal universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, an’anaviy pishirilgan non mahsulotlari qondagi glyukoza darajasini oshiradi, shuning uchun diabetga chalinganlar ularni iste’mol qilishdan cheklanishi kerak. Biroq, tadqiqotchilar muammoni un mahsulotlaridan butunlay voz kechish bilan emas, balki glikemik indeksni (qondagi qand miqdorining o‘sish tezligini aniqlaydigan ko‘rsatkich) pasaytirish uchun ularning tarkibini o‘zgartirish orqali hal qilishni taklif qilmoqda.

Makkajo‘xori va no‘xat unidan tayyorlangan non

Tadqiqotda olimlar qandli diabetga chalingan va COVID-19 dan aziyat chekkan immuniteti zaif odamlar uchun past glikemik indeksli non va non mahsulotlarini ishlab chiqishdi. Buning uchun ular an’anaviy bug‘doy unini makkajo‘xori uni va no‘xat uni aralashmasi bilan almashtirdilar, shuningdek, ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan va immunitet tizimini mustahkamlovchi postbiotik - kombucha (xitoycha “kom bu cha” dan tarjima qilingan, ‘dengiz o‘tlari choyi” deb tarjima qilinadi) choyini qo‘shdilar.

Yangi non ochlikni nazorat qilishga yordam beradi

SKFU oziq-ovqat texnologiyasi va tovarshunoslik kafedrasi dotsenti Valeriya Orobinskayaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu non mahsulotlari tarkibida biologik faol moddalar ko‘p bo‘lganligi sababli ularni iste’mol qilish metabolizmni yaxshilashga, qondagi glyukoza miqdorini pasaytirishga hamda vitamin va mikroelementlarning yetishmasligini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday mahsulotlarlar oshqozon osti bezi yukini kamaytirishga xizmat qiladi, immunitetni mustahkamlaydi va “yomon” xolesterinni olib tashlash orqali ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi.

Ishlab chiqilgan non va non mahsulotlari, shuningdek, oshqozon osti bezi to‘qimalarining yangilanish jarayonlarini faollashtirishga va ochlikni nazorat qilishga yordam beradi.