$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Talab va taklif nomutanosibligi: O‘zbekistondagi ishsizlikka keraksiz kasblarga o‘qitish sabab bo‘lmoqda

ishsizlik

O‘zbekiston mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o‘rganish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan, natijada ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga kelmoqda. Bu haqda MHTI mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aytilgan.

Doimiy ravishda so‘rov o‘tkazish muhim

Ish beruvchilar o‘rtasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha doimiy ravishda so‘rovlar o‘tkazish mehnat bozoridagi kasb va ko‘nikmalarga bo‘lgan talab tahlili ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda, bandlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishda foydalaniladi.

Rivojlangan mamlakatlarda ish beruvchilar o‘rtasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha doimiy ravishda so‘rovlar o‘tkaziladi. Mehnat bozoridagi kasb va ko‘nikmalarga bo‘lgan talab tahlili ta’lim dasturlari ishlab chiqishda, bandlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishda foydalaniladi. 

Ma’lumot uchun: Germaniya, Polsha, Finlyandiya va boshqa bir qator mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabni aniqlashga qaratilgan bandlik barometrlari doimiy ravishda ish beruvchilar orasida onlayn so‘rov o‘tkazish orqali shakllantiriladi.

O‘qitilgan kasbi bo‘yicha ishga joylashganlar soni nihoyatda kam

O‘zbekiston mehnat bozorida esa ishchi kuchiga bo‘lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o‘rganish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan, natijada ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga kelmoqda. Xususan, 2023-yil natijalariga ko‘ra, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ta’lim olganlarning 62 foizining bandligi ta’minlangan bo‘lsa, ularning bor yo‘g‘i 40 foizi o‘qitilgan kasbi bo‘yicha ishga joylashgan. 

Mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning chuqur o‘rganilmaganligi natijasida ta’lim muassasalari tomonidan mehnat bozorida talab past bo‘lgan kasblarga o‘qitish tendensiyalari kuzatilmoqda. Ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan mahalliy mehnat bozorida ishchi kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun respublikaning 180 ta tuman va shaharlaridan jami 7 700 dan ortiq ish beruvchilar orasida so‘rov o‘tkazildi va mehnat bozorining quyidagi asosiy xususiyatlari aniqlandi.

So‘rovnoma natijalari

1. Mamlakatdagi eng ko‘p talab asosan savdo mutaxassislari va onlayn sotuvchilariga oid hisoblanadi (umumiy talabning 5,8%). 

2. Keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasida qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 %), qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4 %), traktor, buldozer, kombayn haydovchilari (1,4 %), agronomlar (1,3 %), kashtachi, tikuvchi va to‘quvchilarga (1,7 %) talab yuqori. 

3. Nisbatan pastroq talab (1,2 %) ta’lim muassasalaridagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va IT o‘qituvchilariga oid. 

4. Davlat va xususiy sektorga tegishli korxonalarda umumiy personalga tegishli mutaxassisliklar orasida marketolog, dasturchi, buxgalter, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarga talab yuqori.

 5. Malaka talab etmaydigan farrosh, bog‘bon va haydovchi kabi kasblarga ham talab yuqori bo‘lib, bu sohada oylik maoshlar kamligi sababli kadrlar qo‘nimsizligi yuqori darajada.

 6. Talab past bo‘lgan kasblar sirasiga ayrim yo‘nalishlardagi tadqiqotchi va universitet o‘qituvchilari, kon-metallurgiya korxonalari texnik xodimlari, huquqshunoslar (0,01 %) kiradi.

 7. Kelgusi 6 oyda talab yuqori bo‘lishi kutilayotgan kasblar hozirgi holatdan keskin farqlanmaydi.

 8. Korxona va tashkilotlarning yarmidan ortig‘ida ishchi xodimlar soni so‘nggi 1 yil ichida ortgan (ish beruvchilarning 52 % xodimlar soni oshganini, 42 % o‘zgarmaganini va 6 % esa kamayganini bildirgan).

 9. Xodimlar sonining nisbatan ko‘proq qisqarishi moliya (tuman iqtisodiyot, moliya, g‘aznachilik, pensiya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari) va san’at (hududiy madaniyat tashkilotlari) sohasida yuz bergan.

 10. Umumiy ovqatlanish (63 %), ta’lim (60%), sanoat (57%), qurilish (56%) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (55%) sohalarida respondentlarning yarmidan ortig‘i ishchilar soni ortganini ta’kidlagan.

Hududlar kesimida:Qoraqalpog‘istonda qaysi kasblarga talab yuqori?

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda eng yuqori talab musiqachilar, qo‘shiqchilar va bastakorlar (5,7%), iqtisodiyot, moliya, sug‘urta, bank, bo‘yicha o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislari, shu jumladan kassirlar (3,5%), maktablarda chet tili (2,6%), matematika, algebra, geometriya o‘qituvchilari (1,4%) va moliya tahlilchilariga (1,7%) ekani aniqlandi. 

Andijon

Andijon viloyatida eng yuqori talab tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga (6,2%), savdo mutaxassislariga (3,1%), traktor, buldozer haydovchilari, kombaynchilarga (3,2%), maktab va kollej o‘qituvchilari (1,8%), biologlar, botaniklar, zoologlarga (1,5%) shakllangan. 

Buxoro

Buxoro viloyatida tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga (5,0%), savdo mutaxassislariga (4,3%), traktor, buldozer haydovchilari, kombaynchilarga (3,5%), mexanik muhandislar, dizayn muhandislar, texnologik muhandislar (3,2%), logistika mutaxassislariga (2%) talab yuqori ekanligi aniqlandi. 

Jizzax

Jizzax viloyatida savdo mutaxassislariga (4,9%), agronomlar, biolog, botanik, zoologlarga (2,5%), tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga (2,1%), maktab, kollej va o‘quv markazlarida matematika, algebra, geometriya o‘qituvchilariga (1,5%), prorablarga (1,4%) talab yuqorida darajada shakllangan.  

Qashqadaryo

Qashqadaryo viloyatida eng yuqori talab savdo mutaxassislariga (7,3%), maktab, kollej va o‘quv markazlarida matematika, algebra, geometriya fani o‘qituvchilariga, logistika mutaxassislariga (2,3%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi va ta’mirlovchisiga (2,1%), agronomlarga, novvoy, qandolatchilarga (1,9%) ekani aniqlandi. 

Navoiy

Navoiy viloyatida savdo mutaxassislariga (3,8%), tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga, betonchilarga (2,1%), agronomlarga (1,7%), prorablarga (1,7%) yuqori darajada ekani aniqlandi. 

Namangan

Namangan viloyatida tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga (5,5%), savdo mutaxassislariga (2,9%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarini ta’mirlovchilariga (2,0%), logistika mutaxassislari va ingliz tili o‘qituvchilariga (1,7%) talab yuqori.  

Samarqand

Samarqand viloyatida savdo mutaxassislariga (4,1%), qishloq xo‘jaligi ustalariga (4,0%), traktor, buldozer haydovchilariga, kombaynchilarga (3,1%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarining mexanigi va ta’mirlovchilariga (2,6%), mexanik muhandislarga(1,8%) talab yuqori darajada.

Sirdaryo

Sirdaryo viloyatida savdo mutaxassislariga (4,0%), biolog, botanik, zoologlar, traktor va buldozer haydovchilari, kombaynchilarga (1,7%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarining mexaniklari va ta’mirlovchilariga (1,1%) talab 

yuqori. 

Surxondaryo

Surxondaryo viloyatida bugungi kunda savdo mutaxassislariga (5,5%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarini ta’mirlovchilariga, moliyachilarga (1,8%), agronomlarga (1,6%), biolog, botanik, zoologlarga (1,5%) talab yuqori. 

Toshkent shahri

Toshkent shahrida savdo mutaxassislariga (10,4%), tikuvchi, kashtachi va to‘quvchilarga (2,2%), logistika bo‘yicha mutaxassis, mexanik muhandislar, dizayn muhandislari, texnologik muhandislarga (2,0%), prorablarga (1,8%) ofisiantlarga (1,4%) talab yuqori darajada ekani aniqlandi. 

Toshkent viloyati

Toshkent viloyatida mexanik muhandislar, dizayn muhandislari, texnologik muhandislarga (9,1%), maktablarda matematika, algebra, geometriya o‘qituvchilariga (4,9%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarining mexanik va ta’mirlovchilariga (2,3%), tikuvchi, kashtachilarga (2,3%), savdo mutaxassislariga (1,5%) talab yuqori. 

Farg‘ona

Farg‘ona viloyatida savdo mutaxassislariga (10,2%), logistika mutaxassislariga (3,5%), oshpazlarga (3,1%), qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalarini ta’mirlovchilariga (2,3%), nonvoylar, qandolatchilarga (2,1%) talab yuqori. 

Xorazm

Xorazm viloyatida matematika, algebra, geometriya (4,0%), ingliz tili (3,9%), rus tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilariga (2,2%), iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga (1,8%), falsafa, psixologik, sotsiologik, tarixiy va siyosiy fanlar bo‘yicha universitet o‘qituvchilariga (1,0%) talab yuqori darajada shakllangan.

Теги :
Jamiyat