$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

9 oyda zo‘ravonlikdan jabrlangan necha nafar fuqaro ishonch telefonlariga murojaat qilgan?

Zo

2024-yilning 9 oy davomida “Ishonch telefoni” — 1146 ga 1832 nafar zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qaysi turdagi zo‘ravonlik bo‘yicha murojaat ko‘proq?

Murojaatlar zo‘ravonlik turlari bo‘yicha tavsiflanganda, ularning 936 tasini jismoniy zo‘ravonlik, 731 tasini ruhiy zo‘ravonlik, 96 tasini jinsiy zo‘ravonlik, 60 tasini iqtisodiy zo‘ravonlik tashkil etadi. Murojaatlarning barchasiga tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, jabrlanganlarga zarur ko‘mak berilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchilarga nafaqat yordam ko‘rsatib, balki ularning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda, — deyiladi xabarda.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq zo‘ravonlikka uchragan shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
  • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
  • “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.
Теги :
Jamiyat