$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?

Maishiy zo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi har uchinchi ayolga hayoti davomida o‘z umr yo‘ldoshi tomonidan jismoniy tazyiq o‘tkaziladi. Turmush qurgan ayollarning 30 foizi hamrohi tomonidan zo‘ravonlik holatlariga duch kelganlari haqida ma’lum qiladi. Ayollar o‘limining 38 foizi ularning turmush o‘rtog‘i tomonidan amalga oshiriladi va zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarning 42 foizigina muammo haqida ochiq so‘zlaydi.

Oilaviy zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. Afsuski, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Bizning mamlakatimizda maishiy yoki uy zo‘ravonligiga ko‘pincha bir oila muammosi sifatida qaralgan. Ko‘p hollarda ayollar tazyiqqa, zo‘ravonlikka uchraganda qanday yo‘l tutish, qayerga murojaat qilishni bilishmaydi ham. Xo‘sh, bunday vaziyatda ayollar qayerga murojaat qilishlari kerak? Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu haqda aytib o‘tdi.

Qaysi tashkilotlarga murojaat qilish mumkin?

Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
  • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
  • “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.

24 soat ichida...

Murojaat bo‘yicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
  • ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini ko‘radi;
  • profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga ko‘ra birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni ko‘radi;
  • ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtiriladi.

Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Теги :
Jamiyat