$
 12904.91
-15.57
 13443.04
7.03
 126.51
-3.66
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yil iqtisodiy o‘sish 6 foiz bo‘lishi kutilmoqda

Iqtisod

Soʻnggi 5 yildagi global iqtisodiyotda kuzatilayotgan murakkab vaziyatga qaramasdan mamlakatni rivojlantirish strategiyalariga muvofiq iqtisodiyotni  erkinlashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgani hamda tarmoq, soha  va hududlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlarning amalga oshirilishi hisobiga, shuningdek 2024-yilning 9 oyligi yakunlari boʻyicha iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va kutilmalarni inobatga olgan holda 2024-yilda iqtisodiy oʻsish 6 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Iqtisodiy o‘sish shartlari

Bunda iqtisodiy oʻsish shartlari boʻlib: 

– joriy yil yakunida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 4 foizdan oshirmaslik; 

– asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmining 473 trln. soʻm yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga oshishi; 

– iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldigʻining YIMning nominal oʻsishi darajasi atrofida boʻlishi; 

– eksport (oltinsiz) hajmining 19,1 foizga oʻsishi;

– inflatsiya darajasining 9 foiz atrofida kutilishi hisoblanmoqda.

Bazaviy inflatsiyaning pasayishi

Unga ko‘ra, bazaviy inflatsiyaning pasayishi energiya tariflari oshirilishining inflatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotgani, ichki omillardan oziq-ovqat tovarlar narxining pasayishi, almashinuv kursining barqarorligi va konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YIMga nisbatan 4 foiz atrofida shakllanishi inflatsiya boʻyicha kutilmalarning prognoz doirasida boʻlishini taʼminlaydi.

Shu bilan birga, XVJ ekspertlari tahlillariga koʻra ham, 2024-yilda global inflatsiya surʼatining sekinlashishi, dunyo markaziy banklarining ehtiyotlik bilan qatʼiy pul-kredit siyosatini yuritilishi va foiz stavkalarning bosqichma-bosqich pasaytirilishi bilan izohlanmoqda.

2024-yil yakunlari bilan iqtisodiyot tarmoqlarida oʻsishning asosiy drayveri hisoblangan bozor xizmatlarida oʻsish surʼati 14 foizni tashkil etishi, sanoat – 6,9 foizga, qurilish ishlari – 9,5 foizga va qishloq xoʻjaligi – 4,1 foizga oʻsishi kutilmoqda.

Oʻsishni qoʻllab-quvvatlovchi omillar

Bunda oʻsishning qoʻllab-quvvatlovchi omillari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: 

Sanoat tarmogʻida:

– tarmoqda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish maqsadida 3 mingga yaqin yirik va hududiy loyihalar amalga oshiriladi;

– energetika sohasida hududlarda DXSH asosida umumiy quvvati 2,7 GVt boʻlgan qayta tiklanuvchi (quyosh va shamol) energiya manbalari ishlab chiqarishning yangi loyihalari ishga tushirilishi natijasida respublika isteʼmolchilarini barqaror energiya resurslari bilan taʼminlash darajasi yaxshilanadi;

– metallurgiya sohasida, toʻliq ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish hamda boshqa tegishli tadbirlar orqali oltin tarkibli maʼdanning yillik qayta ishlash hajmini 4 mln tonnaga (2023-yilda 2 mln tonnani tashkil etgan) yetkazish hamda oltin ishlab chiqarish hajmini 4,4 foizga oʻsishi taʼminlanadi; 

– avtomobilsozlik sanoatida yengil avtomobillar ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini ishga tushirish orqali 2024-yilda 431 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqariladi;

Qishloq xoʻjaligida:

– 2022-2023-yillarda aholiga uzoq muddatli ijara asosida auksion savdolarida ajratilgan 200 ming gektar yer maydonlarida “bir kontur–bir mahsulot” dasturida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish orqali tarmoqda oʻsish surʼatlari taʼminlanadi;

– 100 ming gektar maydonda tezpishar, hosildorligi va tola sifati yuqori boʻlgan yangi gʻoʻza navlarining joylashtirilishi va har bir hududda 500 gektar yer maydonida Xitoy texnologiyasining joriy etilishi hisobiga qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishga erishiladi;

– yirik kanallarni betonlashtirish orqali suv yoʻqotishlari qisqartiriladi;

Bozor xizmatlarida:

– 2023-2024-yillarda 34 ta havo kemasini xarid qilish orqali aviaqatnovlar soni 1,4 barobarga oshiriladi;

– Turizm infratuzilmasining yaxshilanishi hisobiga turizm xizmatlarining eksport hajmi 3,2 mlrd. AQSH dollarga yetkaziladi;

– oliy taʼlim tizimida xususiy sektor ulushining ortishi hisobiga oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oshirilib boriladi; 

– IT-Park rezidentlari sonining ortishi hisobiga axborot va aloqa xizmatlarida barqaror yuqori oʻsish surʼatlari taʼminlanadi.

Теги :
Iqtisodiyot