$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Dunyo iqtisodiyoti ishchilarning ruhiy muammolari sabab yiliga trillion dollar zarar ko‘rmoqda

xodim

Oksford olimlarining aytishicha, ruhiy kasalliklar epidemiyasi global muammoga aylanib ulgurgan.

Coviddan keyin aziyat chekuvchi odamlar soni 25 foizga oshgan

Pandemiya oqibatida butun dunyo odamlarining psixologik ahvoli ozmi-ko‘pmi aziyat chekdi. Covid davrida nafaqat o‘pka zararlanishidan ko‘plab odam vafot etdi, balki depressiyadan aziyat chekuvchi odamlar soni ham 25%ga oshdi. Va bu rasman shikoyat qilganlar, xolos. Shuningdek, mental salomatlikka yashash narxining keskin ortgani va dumskrolling ham apperkot zarbalarini bermoqda.

Kelajakda xodimlarining ruhiy salomatligi haqida qayg‘uradigan kompaniyalargina yaxshi daromad oladi

Kompaniya xodimlari ommaviy ravishda nafaqat depressiya, balki xafsala va matvassa yo‘qolishidan ham aziyat chekmoqda. Bularning hammasi kompaniyalarga ulkan zarar olib kelyapti. FT yozishicha, yaqin kelajakda xodimlarining ruhiy salomatligi haqida qayg‘uradigan va bundan pul ayamaydigan kompaniyalargina yaxshi daromad oladi.