$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

OTP Bank boshqaruvidagi barqarorlik va yangilanish

-

Budapesht, 2025 yil 25 aprel – Doktor Shandor Chani tashabbusi bilan OTP Bank Plc. Boshqaruv kengashi bankning Boshqaruv raisi va Bosh ijrochi direktori vazifalarini ajratish qarorini qabul qildi.

O’ttiz uch yillik faoliyati davomida ikkala yo’nalishda ishlab kelgan doktor Shandor Chani, OTP Bank Boshqaruv raisi sifatida o'z faoliyatini davom ettiradi, Pyotr Chani esa Boshqaruv raisining o'rinbosari va OTP Bank Digital yo’nalishi rahbari hamda Boshqaruv a'zosi sifatida Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanadi. May oyidan boshlab, avval McKinsey&Company kompaniyasining hamkori hisoblangan Andras Sebek Digital OTP Bank yo’nalishi boshqaruvini egallaydi.

Joriy yilning 25-aprel kuni OTP Bankning har yili o‘tkaziladigan umumiy aksionerlar yig‘ilishida OTP Bank Boshqaruv kengashi raisi va Boshqaruv raisi doktor Shandor Chani rasmiy ravishda Boshqaruv kengashi 2025 yil 1-maydan boshlab, uning tashabbusi bilan OTP Bank Plc. Boshqaruv kengashi raisi va Boshqaruv raisi vazifalarini ajratish to’g’risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Doktor Shandor Chani, Boshqaruv raisi sifatida, OTP Groupning strategik yo‘nalishiga mas’ul bo‘lib qoladi, shu jumladan o‘sish va rivojlanish strategiyalarini belgilash, shuningdek, rahbariyat va filial banklarning rahbarlarini tayinlash va ishdan bo‘shatishni nazorat qilishni o‘z zimmasiga oladi.

Boshqaruv raisining o‘rinbosari, Pyotr Chani, OTP Bank Digital yo’nalishining rahbari va bank Boshqaruv a’zosi, 2025 yil 1-maydan boshlab, Vengriya Markaziy bankining tasdig‘i bilan Boshqaruv raisi lavozimini egallaydi.

Pyotr Chani 2016-yilda OTP Bankka Raqamli sotuvlar va rivojlanish departamenti boshqaruvi direktori sifatida qo‘shilgan. 2019-yildan 2021-yilgacha u agile rivojlanish va operatsiyalar jarayonlarini boshqarishni nazorat qilgan. 2021-yil mart oyidan boshlab u OTP Bank Boshqaruv raisining o‘rinbosari va OTP Bank Digital yo’nalishi rahbari lavozimlarini egallagan, shu bilan birga 2021-yil aprel oyidan boshlab, OTP Bank Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2020-yildan Xorvatiyadagi OTP Bank Kuzatuv kengashi raisi, OTP Mobil Plc. Kuzatuv kengashi a’zosi, PortfoLion venchur kompaniyasining Boshqaruv a’zosi, Vengriya Banklar Assotsiatsiyasining raqamlashtirish bo‘yicha Ishchi guruhining rahbari, Mastercard’ning Yevropa maslahat kengashining a’zosi va Raqamli tadbirkorlik assotsiatsiyasining raqamli transformatsiya bo‘yicha vitse-prezidenti hisoblanadi.

Pyotr Chani 2006-yilda City University of London universitetida iqtisodiyot yo’nalishida bakalavr darajasiga, 2007-yilda Madrid shahridagi IE Business School’da moliya yo’nalishida magistratura darajasini va 2015-yilda Kellogg School of Management’da biznesni boshqarish (MBA) yo’nalishida magistratura darajasiga ega bo’ldi. Uning professional faoliyati 2006-yilda Londondagi Merrill Lynch kompaniyasida boshlangan. 2007-yildan 2011-yilgacha u Londondagi Deutsche Bank’da korporativ moliya sohasida analitik va keyinchalik moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko’rsatdi. 2011-yildan 2016-yilgacha u McKinsey & Company Inc. kompaniyasida bank sohasidagi loyihalar bo‘yicha maslahatchi bo’lib ishlagan.

«Men uchun OTP Bank Boshqaruvi Raisi lavozimini egallash katta sharaf. Bu allaqachon tekshirilgan va tartibga solingan ishni yangi institutsional darajaga ko‘taradi, chunki 2023 yildan buyon OTP Bankning Ijrochi boshqaruv rahbarlar qo‘mitasi raisi sifatida men kundalik faoliyatga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab qarorlarni muvofiqlashtirganman. Boshqaruv Raisi sifatida men qarorlar qabul qilishning yanada tezkor va sifatli bo‘lishiga hissa qo‘shishga umid qilaman, chunki operatsion va strategik boshqaruvni ajratish endi samarali boshqaruvga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi», — dedi Pyotr Chani, OTP Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida.

Doktor Shandor Chani 1992-yildan beri OTP Bank’ni Boshqaruv Raisi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Uning rahbarligida OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropada ulkan yutuqlarga erishdi. OTP kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi 200 marttadan oshdi va kompaniya misli ko‘rilmagan xalqaro kengayishiga erishdi. Bugungi kunda OTP Group 40 000 nafar xodim bilan 11 mamlakatda 17 million mijozga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniyaning jami aktivlari 100 milliard yevrodan oshadi, uning foydaliligi ajralib turadi va guruhning  moliyaviy barqarorligi Yevropada nufuzlilar qatoriga kiradi. Uning 33 yillik rahbarligi yutuqlari, shuningdek, OTP Bankning Yevropaning krizislariga bardoshliligi bo’yicha to‘rtinchi bank sifatida, Yevropa Banklari nazorati organining so‘nggi stress-test natijalariga ko‘ra va S&P Global Market Intelligence tomonidan 2024-yilgi moliyaviy samaradorlik reytingida Yevropada birinchi o‘rinni egallashida ko’rinadi.  

«Men kelgusi yillarda OTP strategiyasini Boshqaruv Raisi sifatida amalga oshirishda davom etaman. Men sotib olishlar orqali o‘sish, shuningdek, samaradorligimizni oshirishga qaratilgan raqamli va an’anaviy texnologik takomillashtirishlarda katta potensial ko‘ryapman, va ushbu jarayonlarning yo‘nalishi Boshqaruv tomonidan belgilanishda davom etadi. So‘nggi to‘qqiz yil ichida Pyotr Chani rahbarligida OTP Bank raqamli texnologiyalar sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamladi, va so‘nggi bir yarim yil davomida bankning Ijrochi rahbarlar qo‘mitasi raisi sifatida u OTP Groupning operatsiyalarini noaniq vaziyatlarda xavfsiz yo‘nalishda boshqarish qobiliyatini ko‘rsatdi», — dedi doktor Shandor Chani.

May oyidan boshlab, Digital yo’nalishi boshqaruvini egallaydigan Andrash Sebyok McKinsey kompaniyasidan OTP Bankka qo‘shildi va bank sohasida 14 yillik, konsaltingda 8 yillik tajribasi davomida olgan boshqaruv tajribasi, kuchli IT ekspertizasini amalda ko’rsatadi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban OTP Bank Plc. aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan holda Boshqaruv raisi lavozimini tark etayotgan doktor Shandor Chanining yutuqlarini yuqori baholadi hamda birinchi bo‘lib Pyotr Chanini yangi Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.

OTP Group haqida

OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropadagi tez rivojlanayotgan va yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lib, yuqori daromadlilik, barqaror kapital va likvidlik ko‘rsatkichlariga ega. Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyodagi 11 mamlakatda deyarli 40 000 xodimi bilan guruh 17 million mijozga keng qamrovli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa bank sektorining faol konsolidatorlaridan biri sifatida, OTP Group 2000-yillarning boshidan buyon 25 bankni muvaffaqiyatli xarid qilgan va ularni integratsiya qilgan. OTP Group Bosh ofisi Vengriyada joylashgan bo‘lib, guruh diversifikatsiyalashgan va shaffof mulkchilik tuzilmasiga ega. Bank 1995-yildan beri Budapesht fond birjasida ro‘yxatga olingan.

Reklama