$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni asosan qaysi davlatdan o‘zlashtirmoqda?

Investitsiya

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 493,7 trln. so‘mni tashkil etgan.

Xorijiy investitsiyalar

Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 67,6 foiz ga yetgan.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

·      Xitoy – 27,9 foiz

·      Rossiya – 13,2 foiz

·      Turkiya – 6,8 foiz

·      Germaniya – 5,2 foiz

·      Saudiya Arabistoni – 5 foiz

·      Niderlandiya – 4 foiz

Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortmoqda

Shuningdek, mamlakatda xorijiy davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-fevral holatiga faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 163 tani tashkil etdi.

Ulardan eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar qo‘yidagilar:

·      Xitoy – 3 467 ta

·      Rossiya – 2 973 ta

·      Turkiya – 1 869 ta

·      Qozog‘iston – 1 060 ta

·      Janubiy Koreya – 660 ta

·      AQSH - 303 ta

Теги :
Jamiyat