$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbek ayoli xalqaro rekordlar kitobiga kirdi

guinnes ayol

Barchamizga maʼlumki, tabiat va insoniyat olamidagi olamshumul ulkan yutuqlar, noyob hodisalar va gʻaroyib voqealardan xabardor qilib boruvchi bir necha nashrlar bor. Ularga kimdir favqulodda qobiliyati, noyob isteʼdodi bilan kirsa, yana kimdir aqliy salohiyati bilan oʻrin egallagan. Endi mana shunday xalqaro rekord oʻrnatganlar orasida oʻzbek ayoli ham bor.

2 oyda 300 nafar oʻquvchi

O‘zbekistonlik taniqli ekspert Shohida Ibragimova moliyaviy savodxonlikdan dars berib, 2 oyda 300 nafar o‘quvchini natijaga chiqargani uchun “InterRecord“ xalqaro rekordlar kitobiga kirdi. Ushbu kitob “Ginnes”ning alternativi muqobili hisoblanadi.

Moliyaviy savodxonlikdan dars oʻtmoqda

Qayd etilishicha, u ushbu darslarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, mamlakatimizdagi oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini yanada oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta’minlash maqsadida tashkil etgan.

Bundan tashqari u, avvalroq, maktablarda “Moliyaviy savodxonlik fani”ning kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Prezidentiga taklif bilan chiqqandi. Hozirgi kunda 8, 9, 10, 11-sinflarga moliyaviy savodxonlik fanlari o‘tilmoqda.

Maʼlumot uchun: Shohida Ibragimova Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori maslahatchisidir. Uning ko‘p yillik mehnat va intilishlari inobatga olinib, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.