$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yildan naqd pul bilan harakatlanuvchi yo‘lovchilar bekatlarda infokiosklar orqali chipta xarid qilishadi

kiosk

2025-yildan boshlab Toshkent jamoat transportida yo‘lkira faqat elektron to‘lov orqali amalga oshiriladi. Naqd to‘lovlar bekor qilinib, elektron tizimni rag‘batlantiruvchi yangi tariflar joriy etilishi haqida xabar bergan edik. Qarorga muvofiq, harakatlanish tartibida bir qator o‘zgarishlar yuz berishi belgilanmoqda.

QR kodlarni o‘quvchi uskunalar barcha avtobuslarda o‘rnatiladi

Yangi yildan naqd pul bilan harakatlanuvchi yo‘lovchilar bu tartibda qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Naqd pul bilan harakatlanish uchun bekatlarda Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali bir martalik chipta xarid qilish talab etiladi.

Elektron to‘lovlar uchun transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Barcha avtobuslarga QR kodlarni o‘qiy oladigan uskunalar o‘rnatiladi.

Belgilangan tariflar

Elektron to‘lov uchun yo‘lkira: 1 700 so‘m (chegirma bilan).

Naqd pul uchun bir martalik chipta: 3 000 so‘m.

Bagaj tashish: 4 000 so‘m.

Qatnovlar soniga bog‘liq tarif: 1 600 so‘m.

Prezidentning 2023 yilgi qaroriga ko‘ra, Toshkentda avtobus yo‘nalishlari brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan tizimga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.