$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion xavotirlari keskin oshishiga nima sabab boʻlmoqda?

inflyatsiya

Tadbirkorlarning ham, aholining ham yoqilg‘i va energiya narxlari qimmatlashishidan xavotirlari oshib, so‘nggi bir yillikdagi eng yuqori nuqtaga yetgan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand viloyati (15,8 foiz) va Toshkent shahrida (15,7 foiz) kuzatilgan.

Kutilma 13 foiz

Markaziy bank fevral oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha yillik kutilmalari 0,1 foiz bandga pasayib, 13 foizni tashkil qilgan.

Narxlar oshishiga nima sabab boʻladi?

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

valyuta kursi o‘zgarishi (56 foiz);

yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (54 foiz);

kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (39 foiz);

transport xarajatlarining oshishi (33 foiz);

Fevral oyida kelgusida narxlarga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari qimmatlashishi hamda transport xarajatlari oshishini qayd etgan respondentlar ulushi oshgan bo‘lsa, narxlarning sun’iy oshirilishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari

Fevral oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik subyektlarining kutilmalari 12,7 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan. Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

valyuta kursining o‘zgarishi (57 foiz);

yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (49 foiz);

kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (37 foiz);

transport qimmatlashishi (35 foiz).

Yoqilg‘i va energiya resurslari hamda transport xarajatlarining qimmatlashishini narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar ulushi oshgan bo‘lsa, valyuta kursi o‘zgarishini inflatsiyaga asosiy sabab bo‘ladi deb belgilaganlar salmog‘i kamaygan.

Tibbiyot va ishlab chiqarish xodimlari koʻproq xavotirda 

So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma tibbiyot (15,5 foiz) va ishlab chiqarish (14,8 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchilar belgilagan. 

Eng pessimistik kutilma

Tadbirkorlik subyektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (13,6) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandchilik (9,3) sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar boʻyicha

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand viloyati (15,8 foiz) va Toshkent shahrida (15,7 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston (9,7 foiz) va Andijonda (9,8 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Samarqand viloyati (16) va Toshkent shahrida(15,1 foiz) baland, Xorazm (9,1 foiz) viloyatida esa eng past bo‘lgan.