$
 12969.56
-10.77
 14768.44
-10.96
 157.09
2.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Dahshatli statistika: O‘zbekistonliklarning 61,1 foizi yurak qon-tomir kasalliklaridan vafot etmoqda

yurak

Aholining 12,4 foizi esa boshqa turli kasalliklardan halok bo‘lmoqda. Xo‘sh bu ko‘rsatkichlar oshishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Bugungi kunda odamlarning haddan tashqari agressiv bo‘lib qolganligi, ko‘chalardagi tirbandliklarda, kichik muammolarga asabiylashib tezda jahli chiqib ketishi kasallikning kelib chiqish sababi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Yurak-qon tomir kasalliklari yoshlar orasida ham ko‘paymoqda

Qayd etilishicha, keyingi yillarda insult va infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish sezilarli darajada “yosharmoqda”. Hatto yaqinda 16 yoshli yigit ham insult natijasida vafot etdi.

“Avvallari qon tomir kasalliklari 50-60 yoshdan keyin uchragan bo‘lsa, bugungi kunda kasallik 18 hatto 16 yoshlilarda ham uchrab, o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Gipertoniya kasalligi, semizlik, chekish, surunkali stress, kamharakatlilik hamda ovqatlanish rejimining buzilishi qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi”, – deydi shifokor Abdug‘affor Azimov.

Kasallik shahar aholisi orasida ko‘proq uchramoqda

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, qon tomir kasalliklari asosan shahar aholisi orasida ko‘proq uchraydi. Sababi shahar aholisi ovqatlangach televizor qarshisiga o‘tiradi yokida telefon o‘ynashga tushadi. Umuman olganda, texnologiya insonlarni passiv hayot tarziga undab, kamharakatlikka olib kelmoqda, bu esa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Yiliga 4 million o‘lim

JSST ma’lumotlariga qaraganda, Yevropada yurak-qon tomir kasalliklari oʻlimning 40% ni tashkil qiladi. Bu kuniga 10 000 (yiliga toʻrt million) oʻlim degani.

“Tuz iste'molini 25 foizga qisqartirish boʻyicha maqsadli siyosatni amalga oshirish 2030-yilgacha yurak-qon tomir kasalliklaridan 900 000 ga yaqin inson hayotini saqlab qolishi mumkin”, – dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa direktori Xans Klyuge.

30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan har uchinchi aholi gipertoniyadan aziyat chekadi

Tashkilot ma’lumotlariga koʻra, 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan har uchinchi voyaga yetgan aholi tuzni haddan tashqari koʻp iste’mol qilishi natijasida kelib chiqqan gipertoniyadan aziyat chekadi.

 

Yevropaning 53 mamlakatidan 51 tasida oʻrtacha kunlik tuz iste'moli JSST tavsiya qilgan maksimal besh grammdan (bir choy qoshiqdan) oshadi. Bu ultra-qayta ishlangan oziq-ovqat va gazaklarni tez-tez iste'mol qilish bilan bogʻliq.

Erkaklar orasida kasallikka chalinish 2,5 baravar koʻproq

“Tuzni koʻp iste'mol qilish qon bosimini oshiradi, bu yurak xuruji va insult kabi yurak-qon tomir kasalliklari uchun etakchi xavf omilidir”, - deya ogohlantirdi mutaxassislar.

JSST ma'lumotlariga koʻra, Yevropada erkaklar ayollarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklaridan deyarli 2,5 baravar koʻproq vafot etishadi.